Namangan bank xizmatlari ofisi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi “Kichik biznes menejer” lavozimiga mas’uliyatli, tashabbuskor va biznes mijozlariga sifatli xizmat ko‘rsatishga intiluvchi nomzodlarni taklif etadi.
04.06.2026 17:22
Asosiy vazifalar
kichik biznes subyektlariga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish;
biznes mijozlariga hisob-kitob, kredit, omonat va boshqa bank xizmatlarini rasmiylashtirish;
yangi biznes mijozlarini jalb qilish hamda mavjud mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish;
mijozlarning moliyaviy ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos bank yechimlarini taklif etish;
operatsion hujjatlarni amaldagi tartibda rasmiylashtirish va yuritish;
biznes mijozlari murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish;
amalga oshirilgan operatsiyalar va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
bankning ichki me’yoriy hujjatlari, xizmat ko‘rsatish standartlari va axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki biznes boshqaruvi yo‘nalishida oliy ma’lumot;
bank tizimi yoki biznes mijozlariga xizmat ko‘rsatish sohasida ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
bank mahsulotlari va kreditlash jarayonlari bo‘yicha boshlang‘ich bilim;
Microsoft Word va Excel dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
muloqot qobiliyati, mas’uliyatlilik va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv.
Biz taklif etamiz
rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi;
mehnat natijalariga asoslangan rag‘batlantirish tizimi.
Rezyume yuborish
Rezyumeni
hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.
Xat mavzusida “Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi — Kichik biznes menejer” deb ko‘rsating.

76
Boshqa yangiliklar