Uchtepa bank xizmatlari markazi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi “Universal servis menejer” lavozimiga mas’uliyatli, mijozlarga yo‘naltirilgan va bank xizmatlari sohasida tajribaga ega nomzodlarni taklif etadi.
05.06.2026 17:14
Asosiy vazifalar
jismoniy va yuridik shaxslarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatish;
bank kartalari, omonatlar, kreditlar, hisobvaraqlar hamda boshqa bank mahsulotlarini rasmiylashtirish;
mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha professional maslahat berish;
yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish;
operatsion hujjatlarni amaldagi tartibda rasmiylashtirish va yuritish;
mijozlar murojaatlarini tezkor va sifatli ko‘rib chiqish;
kassa va operatsion xizmatlar bilan bog‘liq jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
bankning ichki me’yoriy hujjatlari, xizmat ko‘rsatish standartlari va axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki tegishli yo‘nalishda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;
bank tizimi yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ish tajribasi;
bank mahsulotlari va operatsion jarayonlar bo‘yicha bilim;
Microsoft Word va Excel dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
mijozlar bilan ishlash, muloqot qilish va muammolarni hal etish qobiliyati;
mas’uliyatlilik, aniqlik va natijaga yo‘naltirilganlik.
Biz taklif etamiz
rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi;
mehnat natijalariga asoslangan rag‘batlantirish tizimi.
Rezyume yuborish
Rezyumeni
hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.
Xat mavzusida “Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi — Universal servis menejer” deb ko‘rsating.

83
Boshqa yangiliklar