SQB Axborotlarni muxofaza qilish markazining Ruxsatlarni boshqarish va metodologiya xizmati xabardorlikni oshirish guruhi yetakchi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


31.07.2026 11:18

Agar siz axborot xavfsizligi sohasida xodimlarni o‘qitish, treninglar tashkil etish va xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz - sizni jamoamizda kutamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Joriy tahdidlarni hisobga olgan holda axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘quv dasturlari va xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish.
• Xodimlarning turli toifalari uchun interaktiv kurslar, treninglar va vebinarlarni tashkil etish.
• O‘quv dasturlarining samaradorligini tahlil qilish va o‘quv materiallarini takomillashtirish.
• Tarqatmalar, dayjestlar va boshqa kommunikatsiya vositalari orqali xodimlarning xabardorligini oshirish hamda firibgarlikning yangi turlari haqida muntazam xabardor qilish.
• Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash.
• Loyihalarni rejalashtirish, muddatlar va sifat nazoratini ta’minlash.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 3 yillik ish tajribasi.
• O‘quv mashg‘ulotlari, treninglar yoki ichki kommunikatsiyalarni tashkil etish tajribasi.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalari.
• Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.
• O‘zbek tilini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 2.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.




Boshqa yangiliklar

07/31/2026 02:59:34 pm
SQB Mikro va kichik biznes departamenti ijrochi direktori lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz bank biznesini rivojlantirish, sotuvlarni boshqarish va hududiy tarmoqlar faoliyatini samarali muvofiqlashtiris ...

07/31/2026 11:26:00 am
Menejer (Xaridlar bo‘yicha komplayens nazorati)

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Komplayens-nazorat departamenti Bank faoliyatida xaridlarni nazorat qilish gu ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 31.07.2026 11:20  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит