SQB Chakana departamenti Jizzax BXO Katta mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.
25.06.2026 09:54
Biz mijozlar bazasini rivojlantirish, bank mahsulotlari savdosini oshirish va premium segment mijozlari bilan samarali ishlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, natijaga yo‘naltirilgan mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mijozlar bazasini kengaytirish va bank mahsulotlari bilan qamrab olish darajasini oshirish.
• Mijozlarga bank xizmatlari va mahsulotlari bo‘yicha to‘liq hamda sifatli ma’lumot berish.
• Chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Chakana biznes yo‘nalishini rivojlantirish, samaradorlik va daromadlilikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Bank mahsulotlarini sotish va tegishli bo‘linmalar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish.
• Premium va affluent segmentdagi mijozlar sonini oshirish.
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish.
• Jismoniy shaxslarga kredit ajratish jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
• Bank kartalarini sotish, mobil ilovaga ulash hamda omonatlarni jalb qilish.
• Ichki me’yoriy hujjatlar va amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha).
• Bank sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Kredit mahsulotlari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va mijozlarning kredit layoqatliligini tahlil qilish ko‘nikmalari.
• Kredit hujjatlarini shakllantirish va rasmiylashtirish jarayonlari bo‘yicha bilim.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini bilish va ularga amal qilish.
• Analitik fikrlash va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish qobiliyati.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
Shaxsiy sifatlar:
• Stressga chidamlilik.
• Qat’iyatlilik.
• Kommunikativlik.
• Mas’uliyatlilik.
• Vaqtni samarali boshqarish ko‘nikmasi.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

37
Boshqa yangiliklar