SQB Farg'ona BXO Katta biznes menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.
01.07.2026 15:49
Agar siz bank mahsulotlarini faol sotish, biznes mijozlar bilan ishlash va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqsangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mikro va kichik biznes segmentidagi yangi mijozlarni faol jalb qilish.
• Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish.
• Bank mahsulotlari savdosi bo‘yicha KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Amaldagi mijozlar bazasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.
• Potensial va amaldagi mijozlar bilan uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va mos moliyaviy yechimlarni taklif etish.
• Kreditlar, depozitlar, hisob-kitob-kassa xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, korporativ kartalar, POS-terminallar va boshqa bank mahsulotlarini sotish.
• Kredit arizalari va bank mahsulotlari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va rasmiylashtirish.
• Belgilangan vakolatlar doirasida mijozlarning kredit layoqatini tahlil qilish.
• Kredit hujjatlarini shakllantirish va tegishli bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish.
• Yuqori darajadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish va xizmat standartlariga rioya qilish.
• Bank axborot tizimlarida mijozlar ma’lumotlarini yuritish va yangilab borish.
• Faoliyat natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya yoki boshqa yo‘nalishlar).
• Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Yuridik shaxslar va kichik biznes uchun bank mahsulotlarini bilish.
• Muzokaralar olib borish va faol savdo ko‘nikmalari.
• Mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilish ko‘nikmasi.
• Savodli og‘zaki va yozma nutq.
• Mijozlarga yo‘naltirilganlik, mas’uliyat va kommunikativlik.
• Kompyuter va bank dasturlaridan erkin foydalanish.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 05.07ga qadar yuborishingiz mumkin.

120
Boshqa yangiliklar