SQB Jizzax BXO Katta mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.
29.06.2026 12:07
Agar siz mijozlar bilan ishlash, bank mahsulotlarini sotish va chakana biznesni rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz hamda natijaga yo‘naltirilgan jamoada faoliyat yuritishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mijozlar bazasini kengaytirish va bank mahsulotlari bilan qamrov darajasini oshirish.
• Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha to‘liq hamda sifatli maslahat berish.
• Chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha KPI va reja ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Chakana biznes samaradorligi va daromadliligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Bank mahsulotlarini faol sotish va tegishli bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish.
• Premium va affluent segmentdagi mijozlar sonini oshirish.
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bazasini rivojlantirish.
• Jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonlarini muvofiqlashtirish.
• Bank kartalari, mobil ilova va omonat mahsulotlarini mijozlarga taklif etish.
• Ichki me’yoriy hujjatlar va amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiy yoki boshqa yo‘nalishlarda).
• Kredit hujjatlarini rasmiylashtirish va mijozning kredit layoqatini tahlil qilish ko‘nikmalari.
• Kredit hujjatlarini shakllantirish va rasmiylashtirish tajribasi.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini bilish.
• Analitik fikrlash va natijaga yo‘naltirilganlik.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish ko‘nikmalari.
• Vaqtni boshqarish va ijro intizomiga rioya qilish.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 2.07ga qadar yuborishingiz mumkin.

192
Boshqa yangiliklar