SQB Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamentining HR-tahlil va rag’batlantirish xizmati menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


21.07.2026 11:30

HR-analitika, KPI tizimi va xodimlarni rag‘batlantirish yo‘nalishida o‘z salohiyatingizni namoyon etmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Bank xodimlarining oylik va choraklik KPI ko‘rsatkichlarini hisoblash jarayonini tashkil etish va amalga oshirish.
• KPI hisob-kitoblari uchun zarur ma'lumotlarni yig‘ish va tekshirish.
• KPI formulalari, og‘irlik koeffitsiyentlari va baholash mezonlarining to‘g‘ri qo‘llanilishini nazorat qilish.
• Bo‘linmalar va Bank kesimida KPI natijalarini konsolidatsiya qilish.
• Hisob-kitoblardagi xatolar va tafovutlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish.
• Mukofotlarni hisoblash uchun KPI natijalari bo‘yicha yakuniy reyestrlarni tayyorlash.
• KPI natijalari bo‘yicha hisobot va tahliliy materiallarni tayyorlash.
• Xodimlarning KPI kartalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishda ishtirok etish.
• KPI kartalarining o‘z vaqtida tasdiqlanishi va yangilanib borilishini nazorat qilish.
• KPI va mukofotlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• KPI kartalarini shakllantirish, ko‘rsatkichlarni hisoblash va hisobotlarni tayyorlash jarayonlarini avtomatlashtirishda ishtirok etish.
• KPI kartalari va ularning bajarilish natijalari bazasini yuritish.
• Tarkibiy bo‘linmalarga KPI ishlab chiqish va hisoblash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish.

 Talablar:
• Oliy ma'lumot.
• KPI tizimi, mukofotlash, HR-analitika, moliyaviy yoki boshqaruv hisobotlari bilan ishlash bo‘yicha tajriba.
• Excel dasturini yuqori darajada bilish (formulalar, Pivot Table, Power Query).
• Katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash tajribasi. • Hisob-kitoblarni tekshirish va ma'lumotlardagi xatolarni aniqlash ko‘nikmasi.
• KPI ishlab chiqish va baholash tamoyillarini tushunish.
• Power BI yoki boshqa vizualizatsiya vositalarini bilish afzallik hisoblanadi.
• SQL bilimiga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

07/23/2026 10:56:32 am
Garov markazi Baholash xizmati yetakchi menejeri

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Garov markazi jamoasiga Baholash xizmati yetakchi menejeri lavozimiga malakali mutaxassisni ...

07/22/2026 01:58:11 pm
SQB tarmoqlarga kichik servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Ish joyi: Jizzax BXO Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqc ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.07.2026 11:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит