SQB Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamentining Xodimlarni tanlash va moslashtirish xizmati moslashtirish bo‘yicha kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


21.07.2026 11:35

Yangi xodimlarning bankdagi ilk qadamlari muvaffaqiyatli bo‘lishiga hissa qo‘shishni istaysizmi? Unda sizni jamoamizda kutamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Bankka yangi ishga qabul qilingan xodimlarni moslashtirish jarayonini tashkil etish.
• Yangi xodimlarni moslashtirish dasturi va Bankdagi asosiy ish qoidalari bilan tanishtirish.
• Murabbiylarni tayinlash jarayonini nazorat qilish hamda ularni moslashtirish vazifalari bilan tanishtirish.
• Individual moslashtirish rejalarini shakllantirish va yuritish.
• Moslashtirish davridagi majburiy tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tilishini nazorat qilish.
• Yangi xodimlarni moslashtirish masalalari bo‘yicha rahbarlar va murabbiylar bilan hamkorlik qilish.
• Sinov muddati davomida yangi xodimlar bilan uchrashuvlar va so‘rovnomalar o‘tkazish.
• Moslashtirish davrida yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda ishtirok etish.
• Sinov muddatining o‘tishini monitoring qilish.
• Yangi xodimlar bazasini yuritish va moslashtirish holati bo‘yicha ma'lumotlarni muntazam yangilab borish.
• Moslashtirish dasturlari, yo‘riqnomalari va materiallarini ishlab chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish.


 Talablar:
• Oliy yoki tugallanmagan oliy ma'lumot.
• HR yoki xodimlarni moslashtirish yo‘nalishida kamida 1 yillik ish tajribasi afzallik hisoblanadi.
• Yangi xodimlarni moslashtirish jarayonining asosiy bosqichlarini tushunish.
• Uchrashuvlar, so‘rovnomalar va qayta aloqalarni tashkil etish ko‘nikmalari.
• MS Office dasturlarini, ayniqsa Excel va PowerPoint dasturlarini yaxshi bilish.
• Jadvallar, hisobotlar va ma'lumotlar bazalari bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Kuchli kommunikatsiya va tashkiliy ko‘nikmalar.
• Mas'uliyatlilik, e'tiborlilik va xushmuomalalik.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
• Ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi.


 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.07.2026 11:37  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит