Hurmatli mijozlar!
So‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Firibgarlar nafaqat noma’lum raqamlardan, balki tanishlar, qarindoshlar, hamkasblar yoki bank xodimlari nomidan ham yozishi yoki qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.
Firibgarlar sizdan:
• zudlik bilan pul o‘tkazishni;
• SMS orqali kelgan kodni aytishni;
• havolaga o‘tishni;
• telefonga dastur o‘rnatishni;
• bank karta ma’lumotlari yoki parollarni berishni so‘rashi mumkin.
Unutmang: tanishlaringizning akkauntlari buzilgan bo‘lishi va xabarlar firibgarlar tomonidan yuborilgan bo‘lishi mumkin.
Pul mablag‘laringizni himoya qilish uchun:
• pul o‘tkazish haqidagi iltimoslarni albatta telefon orqali qayta tekshiring;
• shubhali havolalarga o‘tmang;
• telefonga noma’lum dasturlarni o‘rnatmang;
• SMS-kodlar, parollar va karta ma’lumotlarini hech kimga aytmang;
• bank xodimlari hech qachon tasdiqlash kodlari va parollarni so‘ramaydi.
Agar sizda shubha tug‘ilsa yoki shubhali holatni sezsangiz, zudlik bilan Bank Call-center’iga murojaat qiling:
+998 71 200 43 43
Pul mablag‘laringizni asrang va hushyor bo‘ling!
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Andijon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. M ...
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlanga ...
Toshkentda O’zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan qurilish materiallari sanoati vakillari ishtirokida keng ko’lamli ochi ...

