Yangiliklar

MAHALLAGACHA KIRIB BORAYOTGAN MOLIYAVIY XIZMATLAR


24.06.2025 15:00

MAHALLAGACHA KIRIB BORAYOTGAN MOLIYAVIY XIZMATLAR

O‘zsanoatqurilishbank faoliyatining islohotlardagi ifodasi 

Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan islohotlar zamirida inson, uning manfaatlari, qadr-qimmati va farovon hayoti mujassam. Ayniqsa, 2024 yil 16 dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu strategik vazifalar, shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining amaldagi ijrosini samarali tashkil etish maqsadida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan hududlarda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Mahalla bankiri – xalq ichida, xalq bilan

Hozirda bank tomonidan 712 ta mahallaga 201 nafar “mahalla bankiri” va 712 nafar “yordamchi-agent” biriktirilgan. Ularning vazifasi – fuqarolarning biznes tashabbuslarini o‘rganish, moliyaviy yechim taklif etish va amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat. Ana shu mexanizm tufayli joriy yilning 1 may holatiga ko‘ra, 121,1 ming fuqaro daromadli mehnatga jalb qilindi. Shundan 39,7 ming nafari doimiy ish bilan ta’minlandi, 81,4 ming kishi esa tadbirkorlikka qadam qo‘ydi.


photo_2025-06-24_14-59-44.jpg 

Iqtisodiy dasturlar samarasi

Sayxunobod tajribasi asosida mahallalarda joriy etilgan 14 255 ta mikroloyiha natijasida 29,3 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Bank tanlab olgan 7 120 ta xonadonga 133,9 mlrd so‘mlik loyiha paketlari yetkazib berildi. Bu orqali ayrim oilalarning daromadlari 60-70 mln so‘mgacha oshishi ta’minlandi.

Kichik va o‘rta biznes yo‘nalishidagi dasturlar doirasida ajratilgan kreditlar hajmi joriy yilda 1 trln so‘mdan oshishi ko‘zda tutilgan. Yanvar–may oylarida bu ko‘rsatkich 376,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 11,1 mingdan ziyod fuqaro kredit olish imkoniga ega bo‘ldi.

Shuningdek, “Mahalla loyihasi” orqali joriy etilgan “Tezkor kredit 2”, “Biznes start-up” va “Mahalla tadbirkori” kabi mahsulotlar asosida 10 085 ta loyiha moliyalashtirilib, 120 mlrd so‘mlik kredit ajratildi. Bu fuqarolar uchun nafaqat moddiy yordam, balki kelajakka ishonch hamdir.

Tomorqalar – fuqarolar uchun daromad manbai

– “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosidagi sa’y-harakatlar nafaqat qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilishda, balki bandlik darajasini oshirishda ham yuqori samara bermoqda, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish departamenti direktori F.Abduvaliyev. – Ushbu yo‘nalishda joriy yil boshidan buyon bank tomonidan 666 gektar yer maydonida 59 ta loyiha amalga oshirildi. Qoraqalpog‘istondagi 59 gektar maydonda qovun yetishtirishdan tortib, Namangandagi olxo‘ri bog‘larigacha – barchasi yuqori daromadli mahsulotlarga qaratilgan holda, 1 337 nafar aholi ish bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, 9 ta “Super loyiha”da 2 ming tonna mahsulot qadoqlanishi, 1 600 tonna saqlanishi va 1 000 tonna qayta ishlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, tomorqalardan samarali foydalanishni tashkillashtirishda 712 ta mahalladagi 278 ming xonadonning 23,3 ming gektar yer maydonida ham ekin ekish ishlari olib borildi. Bu borada ularga 85 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash maqsadida sug‘orish va elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan 49,1 mlrd so‘mlik loyihalar moliyalashtirilib, minglab xonadonlar barqaror suv va elektr ta’minoti bilan ta’minlandi. 


photo_2025-06-24_14-59-39.jpg

Har bir xonadon – bank mijozi

Bank tomonidan “Har bir xonadon – bank mijozi” tamoyili asosida hisob raqamiga ega bo‘lmagan 126 ming fuqaro aniqlandi, ularning 12 mingdan ortig‘iga karta ochildi.

“Yangiish-mehnat.uz” platformasi orqali 2300dan ziyod kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha buyurtma Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etildi. Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda xalqaro sertifikat beradigan o‘quv markazlari faoliyati boshlandi. Xususan, Nukusda xorijiy tillar va IT sohasiga ixtisoslashgan markaz, Surxondaryoda esa “Japan Technological University” doirasida o‘quv binolari qurilmoqda.

Shuningdek, Bank rahbariyati ishtirokida joylarda aholi va tadbirkorlar muammolarini o‘rganish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 630 ta uchrashuv tashkil etildi. 11 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashgan tadbirlarda 2 541 ta murojaat kelib tushdi. Ulardan 2 430 tasi ijobiy hal etilib, 3 200 ta ish o‘rni yaratildi.

Aytish joiz, bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan davlatimiz rahbari boshchiligida ilgari surilayotgan islohotlarni hayotga izchil tatbiq etishda, har bir fuqaroga moliyaviy yechim taklif etishga va shu orqali aholi farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shish sa’y-harakatlari izchil davom ettirilmoqda.

Bank axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

07/18/2025 06:53:23 pm
Muloqot, yechim, qo‘llab-quvvatlash: Sariosiyoda amaliy uchrashuv

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati ...

07/18/2025 03:37:41 pm
Juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda milliy ruh, milliy uslub va asrlardan meros bo‘lgan an’analarga bo‘lgan chuqur ehtirom har bir j ...

07/18/2025 02:21:34 pm
“Euromoney” tomonidan SQB O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

Londondagi “Euromoney Awards for Excellence 2025” taqdirlash marosimida xalqaro ekspertlar Bankning keng ko’lamli transf ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.06.2025 15:12  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo