
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektordagi topshirig‘i asosida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi qator mahallalarda O‘zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar doirasida mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bilan bir qatorda, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga xizmat qiladigan amaliy loyihalar ham izchil hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, mamlakatimizning boshqa hududlarida ijobiy natija bergan namunali loyihalarni mahalliy aholi xonadonlarida joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
O‘zsanoatqurilishbank mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholining turmush farovonligini yuksaltirish hamda hududlarning yanada obod va fayzli bo‘lishiga qaratilgan bunday tashabbuslarni izchil qo‘llab-quvvatlab, ijtimoiy mas’uliyat tamoyillari asosida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Xalqaro “Sustainable Fitch” agentligi O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning korporativ ESG reytingini “3” darajadan “2” ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi tomonidan Jizzax viloyati bank xizmatlari ofisida tadbirkorlar bilan uchra ...
Joriy yilning 21-iyul kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “mahalla yettilig ...

