
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati yurtimizdagi ilk paxta-to‘qimachilik klasteri – “Baxt tex” korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni hamda korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Sirdaryo viloyatida joylashgan, dunyoning 10 dan ortiq davlatidagi 50 dan ziyod hamkor bilan ishlayotgan ushbu klaster yuzlab fuqarolarni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlab kelmoqda.
Uchrashuv davomida korxona oldida turgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda faoliyatni yanada rivojlantirishga oid taklif va mulohazalar tinglandi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqotda korxonani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Unda bildirilgan murojaat va takliflarni amaliy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, aholi va tadbirkorlar uchun moliy ...
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida ...

