
Bugungi kunda turizm sohasi iqtisodiyotning eng muhim drayverlaridan biriga aylanib bormoqda. Ushbu yo‘nalish nafaqat mamlakat iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladi, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishda ham muhim omil hisoblanadi.
Turizmni rivojlantirish, ayniqsa, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, transport va servis infratuzilmasini barpo etish kabi yirik loyihalarni amalga oshirish katta hajmdagi moliyaviy resurslarni talab etadi. Shu bois mazkur sohaning barqaror rivoji ko‘p jihatdan bank tizimining qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq.
Bank moliyaviy ko‘magi – turizm rivoji uchun asos
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan joriy yil 18-mart kuni Toshkent shahridagi “Saroy palace” korxonasiga press-tur tashkil etildi. Mazkur tadbir davomida bank tomonidan turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilayotgan tizimli ishlar va ularning amaliy natijalari ommaviy axborot vositalari vakillariga yaqindan tanishtirildi.
Bank ajratayotgan moliyaviy resurslar hisobidan yangi mehmonxonalar tashkil etish, mavjudlarini kengaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati kengaymoqda. Xususan, bank tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari tadbirkorlik subyektlariga o‘z faoliyatini kengaytirish va zamonaviy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini shakllantirishda muhim moliyaviy tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbirkorlik rivoji – yangi imkoniyatlar demak
“Saroy palace” korxonasi ta’sischisi Jahona Erkinovaning ta’kidlashicha, bank bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik qisqa vaqt ichida sezilarli natijalarni bergan:
“Biz bir yildan buyon O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Bank tomonidan ajratilgan 3 milliard 400 million so‘m kredit evaziga mehmonxonamizni kengaytirib, zarur sharoitlar bilan birga 10 ta yangi ish o‘rni yaratdik. Bugungi kunda turizm rivojlanib borayotgan bir paytda sifatli xizmatga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Kelgusida esa xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan mehmonxonalar ochishni rejalashtirganmiz.”
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mehmonxona bir vaqtning o‘zida 100 ga yaqin mehmonlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. 
Raqamlar ortida – amaliy natijalar
Bankning Toshkent shahridagi faoliyati misolida olsak, 2025-yil davomida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan 570 dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga jami 795 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar bankning real sektorni qo‘llab-quvvatlash, xususan, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishdagi faol ishtirokini yaqqol namoyon etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Qirgʻuli bank xizmatlari markazi faoliyati yuzasidan eʼlon qilingan muroja ...
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan Prezidentimizning O ...
Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash va zamonaviy mutaxassislar tayyorla ...

