Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Sayyora Sanjarbek qizi tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Xonobod xizmatlar markazi faoliyatiga doir bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Maʼlumotlarga asosan 2020-yil 5-mart kuni bankning Xonobod xizmatlar markazi (ilgarigi filial) tomonidan S. Shamshiyeva nomiga isteʼmol krediti ajratilgan. Kredit majburiyatlari bajarilmaganligi sababli fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻrgʻontepa tumanlararo sudining 2023-yil 4-apreldagi hal qiluv qaroriga asosan qarzdorlikni undirish belgilangan.
Murojaatda fuqaro oʻzining familiyasi “Sohibjonova” ekanligini, mazkur kredit shartnomasidan xabardor boʻlmaganini hamda hujjatlardagi imzo va ayrim maʼlumotlar oʻziga tegishli emasligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan bank xodimlari tomonidan fuqaroning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirilgan. Hozirda fuqaro murojaati asosida Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bank tomonidan vakolatli organlarga zarur hujjat va maʼlumotlar taqdim etilmoqda hamda oʻrganish jarayonlarida amaliy hamkorlik qilinmoqda.
Tekshiruv yakunlari hamda vakolatli organning huquqiy xulosasiga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Andijon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. M ...
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlanga ...
Toshkentda O’zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan qurilish materiallari sanoati vakillari ishtirokida keng ko’lamli ochi ...

