SQB Bunyodkor bank xizmatlari markaziga universal kassir lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
08.06.2026 15:14
Kassa amaliyotlari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Naqd pul bilan bog'liq kirim va chiqim amaliyotlarini bajarish
• Jismoniy va yuridik shaxslardan naqd pullarni qabul qilish, sanash, saralash va o'rab bog'lash
• Valyuta ayirboshlash, komission, kommunal va bir martalik to'lovlarni qabul qilish
• Bank kartalari bilan bog'liq amaliyotlarni bajarish va mijozlarga kartalarni berish
• Infokiosk, bankomat va depozit mashinalariga naqd pul qo'yish va olish
• Buxgalteriya o'tkazmalarini dasturiy ta'minotdan tasdiqlash
• Amaliyot kuni yakunida kassadagi naqd pul qoldig'ini kunlik hujjatlar bilan solishtirish
Talablar:
• Tugallanmagan oliy ma'lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• O'zbek va rus tillarini bilish
Ish joyi: Bunyodkor bank xizmatlari markazi
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

104
Boshqa yangiliklar