SQB G‘aznachilik va treyding departamenti direktor o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi
18.05.2026 00:22
Moliyaviy bozorlar, treasury jarayonlari va strategik boshqaruv bo‘yicha katta tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
- Departament faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik jarayonlarda ishtirok etish
- Likvidlik, valyuta pozitsiyasi va moliyaviy risklarni boshqarish
- Treasury va trading jarayonlari samaradorligini nazorat qilish
- Ichki limitlar va moliyaviy nazorat tizimlari ijrosini monitoring qilish
- Tahliliy hisobotlar va taqdimot materiallarini tayyorlash
- Bankning tashqi moliyaviy bozorlardagi ishtirokini ta’minlash
- AML/CFT, compliance va ichki siyosatlarga rioya etilishini nazorat qilish
Talablar:
- Oliy iqtisodiy ma’lumot
- Bank tizimida, xususan treasury yo‘nalishida kamida 5 yillik ish tajribasi
- Treasury, trading, likvidlikni boshqarish va moliyaviy bozorlarda amaliy tajriba
- Jamoani boshqarish va strategik qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari
- Bank qonunchiligi va Markaziy bank normativ hujjatlarini yaxshi bilish
- MS Excel va bank tizimlarida erkin ishlash
- CFA Level 2 sertifikati mavjudligi
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish
Rezyumelarni: hr@sqb.uz
manziliga yuborishingiz mumkin.

41
Boshqa yangiliklar