SQB Raqamli biznes departamentining yuridik shaxslar uchun masofaviy kanallarni rivojlantirish xizmatiga menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
20.05.2026 09:25
IT va bank tizimlarini testlash sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
- SQB Business (web va mobil) tizimlarida testlarni o’tkazish va sifatini ta’minlash
- API testlash va request/response tahlili
- Test case va checklistlar tuzish, test hujjatlarini yuritish
- Aniqlangan xatoliklarni Jira yoki boshqa tizimlarda qayd etish
- Dasturchilar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish
- Release oldidan tizimni to’liq tekshirish
Talablar:
- Oliy ma’lumot
- Bank yoki IT sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi
- Functional, regression va manual testing ko’nikmasi
- API testing (Postman, REST API) tajribasi
- SQL asoslari va web/mobil ilovalarni test qilish ko’nikmasi
- Jira va boshqa bug-tracking tizimlarida ishlash tajribasi
- Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, stressga chidamlilik, muloqotga kirishuvchanlik
- O’zbek tilini bilish
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

43
Boshqa yangiliklar