SQB Xorazm bank xizmatlari ofisiga universal servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
11.06.2026 18:18
Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Jismoniy va yuridik shaxslarga hisobvaraqlar ochish, yopish va operatsiyalarni amalga oshirish
• Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish, SWIFT o'tkazmalarini iABS dasturiga kiritish
• Depozitlar bo'yicha operatsiyalar hisobini yuritish va buxgalteriya o'tkazmalarini amalga oshirish
• Mijozlarni identifikatsiya qilish va hujjatlarni dastlabki nazoratdan o'tkazish
• Eksport-import shartnomalari bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish va TSOYaEAT tizimiga kiritish
• Bank kartalari, savdo terminallari va masofaviy xizmatlar bo'yicha arizalarni rasmiylashtirish
• Ish haqi loyihasi bo'yicha to'lov reestrlarini qabul qilish va karta hisobvaraqlariga o'tkazish
• Ko'rsatilgan xizmatlar uchun komissiyalarni hisoblash
Talablar:
• Oliy ma'lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• O'zbek va rus tillarini bilish
• B toifali haydovchilik guvohnomasi mavjudligi
Ish joyi: Xorazm bank xizmatlari ofisi
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

19
Boshqa yangiliklar