"O‘zsanoatqurilishbank" ATB, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi hamda "O‘zqurilishmaterialLITI" MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi bilan hamkorlikda 65 xil qurilish materiallari turi bo'yicha amaliy-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqishdi. Qo`llanma o‘z ichiga qurilish materiallari ishlab chiqarishda, tadbirkorlar uchun zarur bo`lgan barcha ma`lumotlarni, shu jumlada ishlab chiqarish texnologiyalari, iqtisodiy foyda ko‘rsatkichlarini hisoblash namunalari va normativ talablar, ekologik va atrof-muhitga ta'sir qilish normalari, texnik xavfsizlikga doir zarur hujjatlarni mujassamlashtirilgan.
Bundan tashqari qo‘llanmalarda tadbirkorlik sub'ektlarini davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar, hamda tijorat banklaridan kredit olish tartibi ham keltirilgan.