«CONSTRACT»

  • Kredit shartlari
  • Kerak boʻlgadigan hujjatlar

Mahsulotni taqdim etishning asosiy shartlari

1

Maqsadi

Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun

2

Valyutasi

UZS, USD, EUR, RUB 

3

Moliyalashtirish manbalari

Bank o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bunda kredit muddati va qaytarilishi kredit manbasining muddati va qaytarilishiga mutanosib bo‘lishi lozim

4

Muddati

Ochiq/yopiq liniya bilan 18 oy muddatgacha

5

Miqdori

"O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish tartibi bo'yicha belgilanadigan miqdorgacha 

 

6

Kredit asosiy qarz va foizlarni qaytarish grafigi va davriyligi

Individual kredit shartnomasining oxirgi muddatida so‘ndiriladii

7.

Foiz miqdori


         Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan

Jalb qilingan moliya instituti shartlari + bank marjasi (Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarida ko‘rsatilgan miqdorda)

 


Boshqa mablag‘lar hisobidan  

Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash boʻyichaBoshqaruv qarorida o‘rnatilgan miqdorda

        

Mijozga qo‘yiladigan asosiy  talablar 

8

Mijoz faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga bir yildan oshgan korxonalar

9

Mijoz hisobraqami

Asosiy va ikkilamchi

10

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisobot (2-son shakl) boʻyicha foyda mavjudligi

Ijobiy

11

Kredit reytingi (layoqatliligi)

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha CC reytingdan kam boʻlmagan holda

12

Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo'yicha qarzdorligi

Barcha tijorat banklari oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi va “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari bo‘lmasligi lozim

13

Soʻnggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga oʻtganlik holatlar soni

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan koʻp boʻlmagan holatda

14

Jami kredit taʼminoti

Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda (bankga aloqador shaxslar uchun 130%)

15

Mulkiy taʼminot

Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, qimmatli qog‘ozlar, omborxonadagi tayyor mahsulotlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar

16

Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov buyicha qoʻyiladigan shartlar

Koʻchmas mulk - bankning ichki me'yoriy xujjatlarida belgilangan talablar asosida;

Avtotransport vositalari - ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;

Maxsus texnikalar - ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan; 

Uskunalar - ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan; 

17

Nomulkiy taʼminot

Kredit summasining 125%dan kam bo'lmagan miqdorda kafillik, sug'urta polisi, jamg'arma kafilligi

Ta'minot sifatida kafillik taqdim etilganda: kafil korxona davlat ro'yxatidan o'tganiga bir yildan oshgan korporativ mijoz bo'lishi, kafillik summasi kafil korxona o'z mablag'lari manbalari (balans hisoboti -480 satr) miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda bo'lishi, kafilning kredit reytingi (layoqatliligi) CC reytingdan kam bo'lmasligi lozim.

Kelajakdagi pul tushumlari garovi taqdim etilganda:

Pul tushumi kutilayotgan shartnomalar summasi - kredit summasining 1,5 barobaridan ortiq bo'lishi va shartnomalar amal qilish muddati kredit muddatidan kam bo'lmasligi lozim (mazkur me'zonlar asoslovchi hujjatlar asosida aniqlanadi)


Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar ro‘yxati:

1. Ariza

2. Mijozning ta'sis xujjatlari va unga kiritilgan so'ngi o'zgarishlar

3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.

4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to'g'risida ma'lumot (agar mavjud bo'lsa).

5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.

6. Qarzdor nomidan ustav/Nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

7. Sotib oluvchi bilan mahsulot etkazib berish bo'yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi.

8. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes reja

9. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo'yicha tuzilgan shartnomalarning nusi. Bunda bitim tuzuvchi taraflaridan biri Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya va Eron Respublikasiga (konteragent) tegishli bo'lsa, ular xalqaro huquqiy kompaniyalarining xalqaro sanktsiyalar ro'yxatida emasligi to'g'risidagi xulosasini taqdim etishlari kerak.

Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda: 

1. Kafil korxona ta’sis xujjatlari

2. Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot

3. Kafil va/yoki uning nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

4. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi

5. Kafillik taqdim etish bo‘yicha kafilning vakolatli organining ijobiy roziligi

6. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl)

 Ta'minot sifatida mulk taqdim etilganda:

1. Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti.

2. Mulk egasining ta'sis xujjatlari (ta'sis shartnomasi, Nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa). Mulk jismoniy shaxsga tegishli bo'lsa – mulk egasining pasporti nusxasi; 

3. Mulk egasining kreditning ta'minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa).

4. Mulkning egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat (bunda turar uy-joy yoki kvartiralar uchun mazkur joyda fuqarolarning ro'yxatda turmasligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etiladi)

 Ta'minot sifatida ombordagi tayyor mahsulotlar taqdim etilganda:

1. Omborga kirim qilingan mahsulotlar nomlari va narxlar ko'rsatilgan va uning omborxonada mavjudligini ko'rsatuvchi ma'lumotnoma.

Kelajakdagi pul tushumlari garovi taqdim etilganda:

1. Pul mablag'lari kelib tushadigan shartnomalar nusxalari;

2. Ular bo'yicha o'zaro qarzdorlikni solishtirish dalolatnomasi – AKT-sverka.

Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo'shimcha xujjatlar so'ralishi mumkin.      



Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up