Cotton finansing

  • Kredit shartlari
  • Kerakli hujjatlar

Ko‘rsatkich

Qiymati / tavsifi

Mahsulotning maqsadi

Yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablag‘larni to‘ldirish (paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish, paxta terim xarajatlarini moliyalashtirish, paxta xomashyosi yakuniy hisob-kitobi) uchun ajratilishi mumkin.

Muddati

Yopiq liniya orqali

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan - 22 oy muddatgacha (Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun);

Bank o‘z mablag‘lari hisobidan - 12 oy muddatgacha (Paxta terim xarajatlarini moliyalashtirish xamda paxta xomashyosi yakuniy hisob-kitobi uchun).

Valyuta

UZS

Miqdori

1. Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun- Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan paxta homashyosi qiymatining 50 foiz yoki 60 foiz miqdorigacha bo‘lgan miqdorda;

2. Paxta terim xarajatlarini moliyalashtirish xamda paxta xomashyosi yakuniy hisob-kitobi uchun- “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo‘yicha belgilanadigan miqdorgacha.

Foiz miqdori

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan

Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida belgilangan miqdorda.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan

2021 yil 11 martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 130-sonli qaroriga urug‘lik qiymatini hisobga olgan holda paxta xomashyosi qiymatining 50 foizigacha yillik 8 foizda,

60 foizigacha yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz).

(Izox: Foiz stavkasi xukumat qaroriga asosan o‘zgarishi mumkin)

Kredit manbaasi

Bank o‘z mablag‘lari va Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan jalb qilingan mablag‘lar. Bunda kredit muddati va qaytarilishi kredit manbasining muddati va qaytarilishiga mutanosib bo‘lishi lozim.

Kreditni qaytarish grafigi va davriyligi

1. Bank o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha tomonlar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalariga muvofiq belgilanadi.

2. Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha:

- Paxta-to‘qimachilik klasterlariga berilgan kreditlar faqat

11 oy o‘tganidan so‘ng keyingi oyning birinchi sanasigacha qaytarilishi shart. Kreditni qaytarish muddatini hisoblash esa har bir transh uchun kredit mablag‘i paxta-to‘qimachilik klasteriga kelib tushgan kundan boshlanadi.

Mahsulotni taqdim etish shakli

Pul ko‘chirish yo‘li bilan va/yoki naqd pulda

Mijoz (segment)

Korporativ mijozlar

Sub-segment

Boshqa tarmoq mijozlari (Paxta-to‘qimachilik klaster korxonalari)

Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar

Mijoz faoliyati

Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir

yildan oshgan mijozlar

Mijoz hisobraqami

Asosiy

Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot bo‘yicha foyda mavjudligi

Ijobiy

Kredit reytingi (layoqatliligi)

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi bo‘yicha CC reytingdan kam bo‘lmagan.

Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha qarzdorligi

Barcha tijorat banklari oldida muddati o‘tgan qarzdorligi va “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari mavjud bo‘lmasligi.

Shuningdek mijozning bank oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim.

So‘nggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga o‘tganlik holatlar soni

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida

5 tadan ko‘p bo‘lmagan holatda

Mahsulot bo‘yicha ta'minot

Mulkiy ta'minot

Qarz oluvchining to‘lov intizomi va kredit tarixidan kelib chiqqan holda, quyidagi ta'minot turlaridan biri qabul qilinadi: Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar, qimmatbaho metallar, qimmatli qog‘ozlar, omborxonadagi tayyor mahsulotlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar;

Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar

Ko‘chmas mulk – har qanday;

Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;

Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan;

Uskunalar – ishlab chiqarilganiga

3 yildan oshmagan;

Nomulkiy ta'minot

Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda korporativ mijozlarning kafilligi va/yoki boshqa nomulkiy ta'minotlar, sug‘urta polisi, jamg‘arma kafilligi.

Ta'minot sifatida kafillik taqdim etilganda: kafil korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan korporativ mijoz bo‘lishi, kafillik summasi kafil korxona o‘z mablag‘lari manbalari (balans hisoboti -480 satr) miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda bo‘lishi, Kafilning kredit reytingi (layoqatliligi) CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim.

Kelajakdagi pul tushumlari garovi taqdim etilganda:

Pul tushumi kutilayotgan shartnomalar summasi - kredit summasining 1,5 barobaridan ortiq bo‘lishi va shartnomalar amal qilish muddati kredit muddatidan kam bo‘lmasligi lozim (mazkur me'zonlar asoslovchi hujjatlar asosida aniqlanadi)

Mahsulot bo‘yicha ta'minot jami qiymati kredit summasining kamida 125%ini (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) ta'minlashi zarur

1.    Ariza

2.    Mijozning ta'sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.

3.    Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.

4.    Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma'lumot (agar mavjud bo‘lsa).

5.    Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.

6.    Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining  kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

7.    Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes reja.

8.    F'yuchers shartnomasi tuzilgan fermer xo‘jaliklarining tasdiqlangan ro‘yxati (bunda shartnoma sanasi, raqami, summasi, chigit ekiladigan maydon bo‘yicha batafsil ma'lumot bo‘lishi lozim).

9.    Tegishli tuman hokimining g‘o‘za ekinini joylashtirish to‘g‘risidagi qaror nusxasi.

10.  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman  bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) to‘g‘risidagi ma'lumotnoma.

11.    Paxta-to‘qimachilik klaster korxonasiga yer ajratish bo‘yicha tegishli tuman xokimining qarori.


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up