Onlayn ariza to‘ldiring va hoziroq SQB Mobile ilovasida bank qarorini bilib oling. Ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga faqat pasport va bank kartasi ma‘lumotlari kerak bo‘ladi.
SQB Mobile ilovasi orqali onlayn rasmiylashtirilganda
murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va kredit to‘liq so‘ndiriladigan sanada 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi
kamida so‘nggi 6 oy davomida rasmiy daromadga ega bo‘lishi (jumladan ish haqi va pensiya to‘lovlari)
muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi
qarz yuki o‘rtacha oylik daromadning 50% idan oshmasligi
SQB Mobile mobil ilovasida mikroqarzni rasmiylashtirishda hujjatlar talab etilmaydi
Savollarga javoblar
- Kredit rasmiylashtirish uchun quyidagilarni bajaring:
SQB Mobile mobil ilovasini yuklab oling va o‘rnating;
Ro‘yxatdan o‘ting hamda shaxsingizni identifikatsiyadan o‘tkazing;
Mavjud kredit mahsulotini tanlang;
Kreditlash shartlari bilan tanishing va arizani to‘ldiring;
Arizani ko‘rib chiqish uchun yuboring.
Qaror qabul qilingandan so‘ng bank sizni natija haqida ilova orqali xabardor qiladi.
- Ha, chunki mikroqarz pullari ushbu kartaga o‘tkaziladi. Siz HUMO yoki UZCARD kartasini bankning istalgan bo‘limida ochishingiz yoki SQB Mobile ilovasi orqali virtual kartani rasmiylashtirishingiz mumkin.
- Ariza rasmiylashtirilayotganda muntazam foydalanadigan bank kartangizni ko‘rsating. Arizani baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar bank tomonidan amaldagi tartibda mavjud axborot manbalaridan olinadi.
- Mikroqarz miqdori ish haqi kartangizning skoringi asosida aniqlanadi va 100 million so‘mdan oshmaydi.
- Rasmiy ish bilan ta‘minlangan bo‘lish zaruriy shartdir. Shuning uchun, yo‘q, mumkin emas.
- SQB Mobileda kredit olish uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi. So‘nggi 6 oy ichida ish haqi kartasi va rasmiy ish bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak.
- Yo‘q. Arizani tasdiqlash uchun so‘nggi 6 oy ichida rasmiy daromad talab qilinadi.
- Verifikatsiya — bu mijozning shaxsiy ma’lumotlari va shaxsini qonunchilik hamda bankning ichki tartib-taomillarida nazarda tutilgan usullar orqali tasdiqlash jarayonidir.
- Bu savolga bir ma’noli javob berish qiyin. Ehtimol, siz kredit olish uchun belgilangan bir yoki bir nechta majburiy talablarga mos kelmagansiz.
Mumkin bo‘lgan sabablar:
oxirgi 6 oy davomida barqaror daromad mavjud emasligi;
past kredit reytingi;
arizada to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgani;
yosh yoki fuqarolik bo‘yicha talablarga mos kelmaslik;
yuqori kredit yuklamasi.
- Ariza ma’qullanib, barcha zarur shartlar bajarilgandan so‘ng mablag‘lar, odatda, bir necha daqiqa ichida kartaga o‘tkaziladi. Ayrim hollarda mablag‘larni o‘tkazish muddati operatsiyalarni qayta ishlashning texnologik jarayonlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ehtimol, sizni qiziqtiradi
Orzuingizdagi uy ipotekaga yillik 17 % dan
Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan.