Yangilik va takliflarni muntazam kuzatib boring!

Davlat ko‘magidagi imtiyozli ipoteka: “Yangi uyga ipoteka” – “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdan


09.06.2025 15:23

Hurmatli mijozlar!

2025-yilda siz davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ipoteka dasturi doirasida yangi uy-joy xarid qilish imkoniyatiga egasiz. Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Mazkur imkoniyat “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan taklif etilayotgan “Yangi uyga ipoteka” kredit mahsuloti orqali amalga oshiriladi.

Kredit shartlari:
- Boshlang‘ich badal — uy qiymatining kamida 15 foizi
- Foiz stavkasi — yillik 17% dan boshlab (badal miqdoriga qarab)
- Maksimal summa:
Toshkent shahri uchun — 420 mln so‘mgacha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 330 mln so‘mgacha
- Kredit muddati — 20 yilgacha
- Birgalikda qarz oluvchilar soni — 5 nafargacha
- To‘lov jadvali — annuitet yoki differensial
- Kvartirani sug‘urtalash majburiy emas

Kimlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud?
- Xorijdan doimiy pul o‘tkazmalar yuborayotgan migrantlar uchun
- O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun — to‘lov qobiliyati karta aylanmasi asosida baholanadi

Qanday olish mumkin?
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning istalgan ofisiga murojaat qiling
- Bankdan ijobiy qaror oling va subsidiya uchun hujjatlarni topshiring
- Kreditni rasmiylashtiring va yangi uyingizni xarid qiling

Batafsil ma’lumot uchun: +99871 200 43 43 yoki 1180 raqamlariga murojaat qiling.





    Boshqa yangiliklar

    06/19/2026 05:30:32 pm
    Yangi JAC-Avto imkon avtokrediti

    Hurmatli mijozlar! JAC Motors Tashkent rasmiy hamkoridan JAC rusumli avtomobillarni xarid qilish uc ...

    06/19/2026 11:44:51 am
    “HAMROH DASTURI” kredit mahsuloti shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

    Hurmatli mijozlar! Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan “HAMROH DASTURI” ...

    06/18/2026 05:33:09 pm
    “VIP” va “Diamond” bank xizmatlari paketlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilishi hamda mikro va kichik biznes uchun yangi “Yashil makon” kredit mahsulotining ishga tushirilishi

    Hurmatli mijozlar! Amaldagi “VIP” va “Diamond” bank xizmatlari paketlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritil ...


    Oxirgi yangilanish sanasi: 09.06.2025 15:38  
    up
    logo
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит