Davlat dasturlari ijrosi

Energiya samaradorligi – iqtisodiy yuksalish garovi


16.05.2025 12:56

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiyotning o‘sishiga, balki uning barqaror va samarali rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, sanoat tarmoqlarida energiya tejamkorligini ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va shu orqali tabiiy resurslarni oqilona sarflash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylangan.

O‘tgan yil 23-sentyabr kuni Prezidentimiz rahbarligida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda tarmoqdagi energiya iste’moli holati jiddiy tahlil qilindi. 34 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonada 2024-yil 1-noyabrga qadar energiya auditi o‘tkazish va 300 mln. kVt.soat elektr energiyasini tejash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlar davlatimiz rahbarining joriy yil 25-martdagi “Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida yana-da izchillik kasb etdi. Bunda nafaqat sarf-xarajatlarni qisqartirish, balki ekologik barqarorlikni ta’minlash va tabiiy resurslardan samarali foydalanish maqsad qilindi.

 

Energiya auditlari va aniq natijalar

O‘zsanoatqurilishbank, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va qator mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda yuqori energiya sarfiga ega 34 korxonada energiya auditi o‘tkazilmoqda.

Ushbu sa’y-harakatlar natijasida 2025-2027-yillarda 303,6 mln. kVt.soat elektr energiyasi va 7,3 mln. kub. metr tabiiy gazni tejash imkoni yaratiladi.

Xususan, shu yil 43,5 mln kVt.soat elektr energiyasi va 6,7 mln kub.metr tabiiy gaz, 2026-yilda 121,2 mln kVt.soat elektr energiyasi va 659 ming kub.metr gaz, 2027-yilda esa 138,9 mln kVt.soat elektr energiyasi tejalishi kutilmoqda. Bu esa milliy iqtisodiyot uchun yuksak samara berishi shubhasiz.

 

Texnologik yangilanish – to‘g‘ri yo‘nalish

Energiya tejamkorlikka erishishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish muhim o‘rin tutadi. WHR (Waste Heat Recovery) – issiqlikdan tiklanish texnologiyasi asosida 208 mln kVt. soat elektr energiyasi, quyosh panellari orqali 54 mln kVt.soat, tashkilotchi-texnik tadbirlar orqali 21,9 mln kVt.soat elektr energiyasi va 1,4 mln kub.metr gaz, reaktiv kondensatorlar orqali 9,6 mln kVt.soat elektr energiyasi, modernizatsiya ishlari orqali 7,6 mln kVt.soat, yangi texnologiyalar esa 1,8 mln kVt.soat elektr energiyasi va 5,8 mln kub.metr gazni tejash imkonini beradi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 33,1 mln kVt.soat elektr energiyasi va 10,9 ming kub. metr tabiiy gaz tejaldi. Buning hisobiga korxonalarda xarajatlar kamayib, ishlab chiqarishda barqarorlikka erishdi.

 

Sohadagi ilg‘or tajribalar

“Andijan WCC Sement” va “Qarshi Conch sement” korxonalari tomonidan WHR texnologiyasining joriy etilishi hamda “Reco Brend sement” va “Shangfeng-Bridge of Friendship” korxonalarida quyosh panellarining o‘rnatilishi natijasida energiya samaradorlik bir necha baravarga ortdi.

Navoiy viloyatidagi “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati tomonidan reaktiv kondensator qurilmalari o‘rnatilib, 190 ming kVt.soat elektr energiyasi tejaldi. “Bekobodsement” AJda esa ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tish orqali 10,9 mln kub.metr tabiiy gaz iqtisod qilindi.

Qurilish materiallari sanoatida amalga oshirilayotgan energiya auditlari va texnologik modernizatsiya nafaqat sanoat salohiyatini oshiradi, balki energetik barqarorlik, muhit muhofazasi va mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz tashabbuslari, qabul qilingan farmonlar va izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar orqali yurtimiz sanoati yangi, energiya samarali bosqichga qadam qo‘ymoqda. Bu esa, ertangi barqaror va ravnaq topgan Yangi O‘zbekistonni barpo etishga xizmat qiladi.

 

Bank axborot xizmati

 





Boshqa yangiliklar

06/24/2025 12:10:33 pm
Tomorqa – daromad manbai, ozuqa – eksport poydevori: SQB’ning agrosanoatdagi tashabbusi

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Beruniy-agro star” hamda Andijon viloyatidagi “Asaka a ...

06/09/2025 02:47:21 pm
Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektorda mahalliy sanoat va tadbirkorlni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi

Hurmatli tadbirkorlar! Yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy sanoatim ...

05/15/2025 12:26:54 pm
Bank ko‘magidagi rivoj odimlari

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini ta’ ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 16.05.2025 12:56  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo