
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari doirasida Oʻzsanoatqurilishbank rahbariyati Xorazm viloyatining Urganch shahri hamda Shovot tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Uchrashuvlar davomida hududdagi tadbirkorlarning moliyaviy ehtiyojlari, mavjud muammolari va biznesni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, aylanma mablagʻlarni toʻldirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga oid masalalar yuzasidan amaliy taklif va yechimlar koʻrib chiqildi.
Oʻzsanoatqurilishbank tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini roʻyobga chiqarish va hududlar iqtisodiy rivojiga xizmat qiluvchi loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizimli ishlarni izchil davom ettirmoqda.
Bir tadbirkorning kiçik oilaviy biznesi bugun 35 kişi mehnat qilayotgan korxonaga aylangan. Boşqasi esa 15 millio ...
“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...
