Kichik loyihadan barqaror natijaga qadar


01.07.2026 11:48

Kichik loyihadan barqaror natijaga qadar

Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda mahallalarda manzilli ishlash, aholining tashabbuslarini rag‘batlantirish va istiqbolli loyihalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan Sirdaryo viloyatining biriktirilgan mahallalarida aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Guliston tumani va Guliston shahridagi 12 ta mahallada mahalla bankirlari va yordamchi agentlar ishtirokida tadbirkorlik loyihalari qo‘llab-quvvatlanib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida mazkur hududlarda 64 ta mikroloyiha ishga tushirilib, 195 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Mazkur amaliy ishlar samarasi tadbirkorlar faoliyatida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shunday yorqin misollardan biri sirdaryolik tadbirkor Komila Ibragimovaning bedanachilik loyihasidir.

2025-yilning yanvar oyida u bedana go‘shti va tuxumini yetishtirish bo‘yicha umumiy qiymati 50 million so‘mlik loyihani taqdim etdi. Loyihani amalga oshirish uchun bank tomonidan 20 million so‘m kredit mablag‘i ajratildi. Loyihaning asosiy maqsadi aholini parhezbop bedana mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratishdan iborat edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Xususan, ishlab chiqarishni kengaytirish, tadbirkorlarni va ularning faoliyatiga ko‘maklashish, aholi bandligini ta’minlash borasida samarali iqtisodiy siyosat yuritib kelinmoqda.

Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar mahalliy bozorni sifatli mahsulot bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda. O‘tgan davr mobaynida tadbirkor ikki ish o‘rni yaratdi. Bugungi kunda xo‘jalikda 1 000 dona bedana parvarish qilinmoqda. Parrandalarning mahsuldorlik ko‘rsatkichi ancha yuqori bo‘lib, kunlik tuxum olish 80% ni tashkil etadi. Yaʼni, tadbirkor kuniga o‘rtacha 800 donagacha shifobaxsh bedana tuxumi olishga muvaffaq bo‘lmoqda. Bugungi kunda korxonaning o‘rtacha oylik daromadi 20 mln so‘mga, yillik daromadi esa 240 mln so‘mga yetdi.

Guliston tumanidagi ushbu bedanachilik loyihasi kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikka berilayotgan eʼtiborning yaqqol namunasidir. Komila Ibragimova rahbarligidagi mazkur korxona nafaqat oilaviy daromadni yuksaltirmoqda, balki “Tajribakor” mahallasi ahli uchun sifatli va hamyonbop parhez mahsulotlari yetkazib beruvchi ishonchli maskanga aylanib ulgurdi.

O‘zsanoatqurilishbank qo‘llab-quvvatlashi natijasida K. Ibragimova singari yuzlab tadbirkorlar hududlarda iqtisodiyotimiz mustahkamlanishi, rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shayapti.



Boshqa yangiliklar

06/25/2026 10:01:17 am
SQB tomonidan samarqandlik tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o’tkazildi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tom ...

06/24/2026 12:57:21 pm
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar: murojaatlar va takliflar o‘rganildi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Samarqand viloyatining Oq ...

06/15/2026 03:46:38 pm
Tadbirkorlik rivoji uchun manzilli yechimlar muhokama qilindi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari doirasida joylarda biznes vakillari ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 01.07.2026 11:49  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит