Prezidentimiz tomonidan belgilangan aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kichik biznesni rivojlantirish ustuvor vazifalari ijrosi doirasida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Navoiy viloyatida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Karmana tumanida 17 ta mahallada mahallabay ishlash tizimi doirasida aholi bilan doimiy muloqot va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.
2025-yilda 8,4 ming nafar fuqaroni daromadli mehnat bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, 1-oktyabr holatiga ko‘ra, 7,1 ming nafari bandligi ta’minlanib, reja 111 foizga bajarildi. Shuningdek, “Sayxunobod” tajribasi asosida 700 dan ziyod mikroloyiha amalga oshirilib, 1,4 ming yangi ish o‘rni yaratildi.
– Hududda kichik biznesga moliyaviy ko‘makning ham ko‘lami oshmoqda, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Navoiy viloyati Bank xizmatlari ofisi boshqaruvchisi o‘rinbosari Ortiq Hikmatov. – 2025-yil uchun belgilangan 351 milliard so‘mlik rejaga nisbatan 9 oyda 260 milliard so‘m kredit ajratilib, maqsad ko‘rsatkichlari ancha yuqori sur’atda amalga oshirildi. “Tezkor kredit 2”, “Biznes start-up” va “Biznesga birinchi qadam 2” kabi yangi mahsulotlar orqali 1 400 dan ziyod loyihalar qo‘llab-quvvatlandi.
YATT “Zoirov Muxriddin Kahramon o‘g‘li” – mahallaning namunaviy ishlab chiqarish loyihasi
“Arg‘un” mahallasida joylashgan ushbu mebel ishlab chiqarish korxonasi O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida hududdagi eng samarali loyihalardan biriga aylandi. Loyihaning umumiy qiymati 1, 040 million so‘m bo‘lib, uning 640 million so‘mi bank krediti hisoblanadi. Korxona yiliga 1,5 milliard so‘mlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega va 12 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlagan.
Bank krediti evaziga korxona zamonaviy dastgohlar va energiya tejovchi uskunalar bilan jihozlandi. Ushbu jihozlar asosida ishlab chiqarilayotgan mebellar mahalliy bozorda import mahsulotlar bilan bemalol raqobatlasha oladi. Bu aholiga sifatli, dizayn jihatidan zamonaviy va narxi bo‘yicha tejamkor mahsulotlarni mahallaning o‘zida xarid qilish imkonini yaratdi. Import xarajatlarining qisqarishi esa mahalliy iqtisodiyotda qo‘shimcha qiymat qoldirmoqda.
Ushbu loyiha hududda nafaqat ish o‘rinlari yaratdi, balki mahalliy ishlab chiqarish madaniyati va bozordagi raqobat muhitini ham yangi bosqichga olib chiqdi.
Hudud iqtisodiyotiga qo‘shilgan hissa
Mahallada sifatli mebel ishlab chiqarilishi savdo, xizmat ko‘rsatish va logistika yo‘nalishlarida ham faollik oshishiga turtki berdi. Mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida kooperatsiya imkoniyatlari kengayib, hududda yangi kichik biznes tashabbuslari uchun keng yo‘l ochildi.
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish ha ...
Ushbu tashabbuslar Prezidentimiz boshchiligida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar ...
Aholi daromadini oshirish, bandlikni kengaytirish va har bir oila uchun munosib t ...

