O‘rta biznes markazi Mijozlar koordinatori va RM xizmati Menejeri


09.09.2026 11:08

Lavozim vazifalari:

·         O‘rta biznes segmentiga mansub yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bazasini rivojlantirish.

·         Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish.

·         Mijozlarning ehtiyojlarini tahlil qilish hamda ularga mos bank mahsulotlari va yechimlarini taklif etish.

·         Kredit mahsulotlari, lizing, faktoring, depozitlar, hisob-kitob-kassa xizmati va boshqa bank xizmatlari bo‘yicha mijozlarga maslahat berish.

·         Bank mahsulotlarini rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida mijozlarni to‘liq kuzatib borish.

·         Kredit arizalari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va tegishli bank bo‘linmalariga taqdim etish.

·         Moliyalashtirish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish jarayonini muvofiqlashtirish hamda bankning ichki bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish.

·         Amaldagi kredit loyihalarini monitoring qilish, mijozlarning majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish hamda sug‘urta polislarini o‘z vaqtida uzaytirish bo‘yicha mijozlarni xabardor qilish.

·         Mijozlarga bankning yangi mahsulotlari, xizmatlari va aksiyalari haqida ma’lumot berish.

·         Bank mahsulotlari va xizmatlarini takomillashtirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

·         iABS bank tizimi va boshqa axborot tizimlarida ishlash hamda ichki jarayonlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.

·         Amaldagi qonunchilik, bankning ichki me’yoriy hujjatlari, komplaens talablari, AML/CFT siyosati va bank siri to‘g‘risidagi talablariga rioya qilish.

·         Belgilangan KPI va reja ko‘rsatkichlarini bajarish.

Talablar:

·         Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki menejment yo‘nalishida).

·         Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.

·         Korporativ mijozlar bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.

·         Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan bank mahsulotlari va korporativ kreditlash jarayonlarini bilish.

·         Muzokaralar olib borish, sotuvlar va mijozlar bilan munosabatlarni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

·         Mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilish va ehtiyojlarini aniqlash qobiliyati.

·         Kompyuter va bank axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmasi.

·         Mas’uliyatlilik, muloqotga kirishuvchanlik va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv.

·         Og‘zaki va yozma nutqning ravonligi.

·         Natijaga yo‘naltirilganlik hamda reja ko‘rsatkichlarini bajarishga intilish.

Ish sharoitlari:

·         O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.

·         Raqobatbardosh ish haqi.

·         Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyati.

·         Yirik va barqaror bankda ishlash imkoniyati.

·         Zamonaviy ofis va qulay mehnat sharoitlari.

·         Ahil jamoa va moslashuv davrida to‘liq qo‘llab-quvvatlash.

·         Ish jadvali: 5/2.





Boshqa yangiliklar

09/09/2026 03:43:19 pm
O‘rta biznes markazining Samarqand shahridagi mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejeri

Ish joyi: Samarqand viloyati Bo‘linma: O‘rta biznes markazi LAVOZIM MAJBURIYATLARI ...

09/09/2026 10:42:34 am
SQB "Qirguli" BXM boshqaruvchisi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank xizmatlari markazi faoliyatini samarali boshqarish, biznes ko‘rsatkichlarini rivojlan ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 09.09.2026 16:09  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит