SQB Farg'ona bank xizmatlari ofisi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Universal kassir lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.
17.08.2026 12:54
Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish va bankning kassa intizomi talablariga rioya etilishini ta’minlay oladigan mas’uliyatli hamda e’tiborli mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mijozlar va inkassatorlardan naqd pul hamda qimmatliklarni qabul qilish, sanash, saralash va o‘rab bog‘lash. • Naqd puldagi kirim-chiqim operatsiyalarini amalga oshirish va tegishli buxgalteriya o‘tkazmalarini bajarish. • Jismoniy va yuridik shaxslarga kassa xizmatlari, kommunal va boshqa to‘lovlar hamda valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish. • Bank kartalari bo‘yicha naqd pul kirim va chiqim operatsiyalarini amalga oshirish. • Mijozlarni amaldagi qonunchilik va komplayens talablari asosida identifikatsiya qilish. • Infokiosk, bankomat va avtomatlashtirilgan depozit qurilmalariga xizmat ko‘rsatish. • Operatsion kun yakunida kassa qoldiqlarini hujjatlar bilan solishtirish va topshirish. • AML/CFT talablari hamda bankning ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilish. • Zarurat tug‘ilganda kassa mudiri vazifalarini vaqtinchalik bajarish. • Kassa hujjatlarini rasmiylashtirish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish.
Talablar:
• Tugallanmagan oliy yoki oliy ma’lumot. • O‘zbek va rus tillarini bilish. • Ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi. • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish. • Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik. • Mas’uliyatli yondashuv hamda yuqori darajadagi e’tiborlilik.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

65
Boshqa yangiliklar