Mahalla bankiri – g‘oyadan biznesgacha bo‘lgan yo‘ldagi ko‘prik!
07.07.2025 15:17
Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan aholini tadbirkorlikka jalb qilish, bandlikni ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirish borasidagi islohotlar har bir fuqaro hayotida o‘z aksini topmoqda.
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Oqqamish” va “Tinchlik” mahallalarida oddiy fuqarolar “Mahalla bankiri” orqali o‘z g‘oyalarini amaliy biznes loyihalarga aylantirishga erishmoqda.
Ulardan biri Amirxon Muzaffarov imtiyozli kredit yordamida tikuv mashinasi xarid qilib, oilaviy tikuv syexini tashkil etdi. U ishga jalb etganlar orasida II guruh nogironi ham bor.
Sirojiddin Saidqulov penablok ishlab chiqarish syexini tashkil qildi. Har kuni 100 dona mahsulot, 21 mln so‘mlik oylik daromad va 4 ta yangi ish o‘rni yaratdi.
Jamshid Salomov esa, tez tayyor bo‘luvchi taom (fastfud) markazini ochib, mahallada xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shdi. 2 nafar oila a’zosini ham ishga jalb qildi.
Mahalla bankiri – bu shunchaki moliyaviy xizmat emas.
Bu – aholi bilan yuzma-yuz muloqot, g‘oyalarni eshitish, ularni rivojlantirish va hayotga tadbiq etish tizimi.
Yangi imkoniyat qidiryapsizmi?Mahallangizdagi “SQB mahalla bankiri” sizga yordamga tayyor!


1499
Boshqa yangiliklar
05/21/2026 12:17:50 pm
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Sayyora Sanjarbek qizi tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Xonobod xizmatlar ma ...