“O‘zsanoatqurilishbank” “Asian Banking Finance”ning bir qator mukofotlariga sazovor bo‘ldi


12.08.2025 18:10

“O‘zsanoatqurilishbank” “Asian Banking Finance”ning  bir qator mukofotlariga sazovor bo‘ldi

Kuni kecha “Asian Banking Finance" xalqaro jurnali tomonidan 2025-yilda Osiyo mamlakatlarining faol bank-moliya sektori tashkilotlarini taqdirlash marosimi o’tkazildi. E’tiborlisi, O‘zsanoatqurilishbank mazkur tadbirda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi. Xususan, “Raqamli transformatsiya sohasida mamlakatning eng yaxshi banki”, shuningdek, “Risk-menejment sohasida eng yaxshi tashabbusni amalga oshirgan moliya muassasasi” sifatida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun bank tomonidan raqamli transformatsiya dasturi doirasida mijozlarga masofadan xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bir qator innovatsion yechimlar joriy etildi. Yuridik shaxslar uchun onlayn kreditlash va onlayn omonat qo‘yish xizmatlari yo‘lga qo‘yilib, bank xizmatlaridan filiallarga bormasdan foydalanish imkoniyati yaratildi. Ish haqi kartalarini masofadan muomalaga chiqarish joriy etildi, bu esa korporativ mijozlar uchun jarayonni sezilarli darajada tezlashtirdi. Jismoniy shaxslar uchun mobil ilova orqali investitsiya oltinini xarid qilish imkoniyati yaratildi. Natijada SQB Business foydalanuvchilari soni 39,900 dan, SQB Mobile foydalanuvchilari soni esa 2,350,000 nafardan oshdi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi raqamli xizmatlardan faol foydalanuvchilar soni va naqd pulsiz operatsiyalar hajmining sezilarli oshishiga hissa qo’shdi, bu esa xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Shu bilan birga, Bankda xatarlarni boshqarish madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan Risk menejment departamentining keng ko‘lamli tashabbusi amalga oshirildi. Uning doirasida loyiha menejerlari va xodimlari uchun tashkilotning barcha darajalarida mazkur yo’nalishda yagona standartlarni shakllantirish va xabardorlikni oshirishga yordam beradigan o‘quv dasturlari o‘tkazildi.

Risklarni boshqarish jarayonlariga raqamli vositalar, tahliliy modellar va ilg‘or baholash usullarini o‘z ichiga olgan zamonaviy yondashuvlar joriy etilgan. Turli xil mahsulot segmentlari va xavf profillari uchun sun’iy intellektga asoslangan o‘nga yaqin skoring modellari ishlab chiqilgan. Bu o‘zgaruvchan bozor muhitida qaror qabul qilish samaradorligi va biznes barqarorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi, emissiyalarning umumiy hajmini saqlab qolgan holda portfellardagi xatarlarni 30-50% ga kamaytirishni ta’minladi.

Ushbu yutuqlar xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi va bankni nufuzli Asian Banking & Finance mukofotlari bilan taqdirlashda muhim omillardan biri bo‘ldi.

 

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
Tashqi aloqalarni
muvofiqlashtirish xizmati





Boshqa yangiliklar

04/10/2026 10:26:49 am
SQB: yoshlar – yangi iqtisodiyot va innovatsiyalar drayveri

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...

04/09/2026 11:24:04 am
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) ayrim rahbar xodimlarining ish jarayonida xodimlar bilan muomala ...

04/06/2026 06:08:41 pm
SQB’da xotin-qizlar uchun biznes-trening o‘tkaziladi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan Buxoro shahrida tadbirkor ayollar hamda o‘z biznesini boshlash istagi ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 20.08.2025 10:00  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит