O’zsanoatqurilishbank hamda "Uzagrostar xolding" kompaniyasi hamkorligida Asakada tomorqachilik maktabi tashkil etildi
17.03.2025 09:14
Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq "Asaka-agrostar" MCHJ sabzavot ko‘chatlariga ixtisoslashishi belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda hududdagi sabzavot ko‘chatlari va eksportbop mahsulotlar yetishtirishda yetakchilardan bo‘lgan tadbirkor tanlab olindi. U orqali hududdagi 500 nafar sohaga qiziquvchilar o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
Dastlabki bosqichda esa 50 nafar fuqaro "Asaka-agrostar tomorqachilik maktabiga jalb qilingan. Mazkur jarayonda xotin-qizlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tadbirkor tomonidan ishtirokchilarga ko‘chat tarqatilib, realizatsiya jarayoniga qadar ularga ko‘mak beriladi. Yetishtirilgan mahsulotlar yana tadbirkorning o‘zi tomonidan sotib olinadi va eksportga yo‘naltiriladi.

1820
Boshqa yangiliklar