
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Savdo va ta’minot zanjirini moliyalashtirish dasturi (Trade and Supply Chain Finance Program — TSCFP) doirasida 2025-yilda “O‘zbekistondagi yetakchi hamkor bank” sifatida e’tirof etildi.
Ushbu mukofot O‘zsanoatqurilishbankning savdoni moliyalashtirishdagi yetakchi mavqeini, xalqaro standartlarga muvofiq faoliyatini hamda mamlakatimizning jahon iqtisodiyotiga izchil integratsiyasiga qo‘shayotgan hissasini yaqqol tasdiqlaydi.
Qayd etish joiz, OTB tomonidan SQBga O‘zbekistonda eng yirik savdoni moliyalashtirish limiti ajratilgan. Yil davomida bank mazkur imkoniyatdan samarali foydalanib, qariyb 200 million AQSh dollari hajmidagi mablag‘ni yo‘naltirdi va 100 ga yaqin tranzaksiyani moliyalashtirdi.
Mazkur operatsiyalar mahalliy tadbirkorlarning tashqi savdo faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, “yashil” tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish hamda korxonalarning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qildi.
Shu bilan birga, Yevropa va Osiyoning yetakchi banklari bilan hamkorlikda jalb etilgan resurslar xalqaro moliya institutlarining SQBga bo‘lgan yuksak ishonchi va uning ishonchli hamkor sifatidagi nufuzini yana bir bor tasdiqladi.
TSCFP mukofoti esa bankning innovatsiyalar, moliyaviy inklyuzivlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi qat’iy intilishini ifoda etuvchi muhim e’tirof bo‘ldi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
Tashqi aloqalarni muvofiqlashtirish xizmati
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...
Hurmatli mijozlar! So‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Firibgarlar nafaqat noma’lu ...
2026-yil 14-may kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” (SQB)ning “Toshkent City” hududidagi Bosh of ...

