Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank va YETTB hamkorligida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tadbirlar


23.05.2025 15:50

O‘zsanoatqurilishbank va YETTB hamkorligida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tadbirlar

Joriy yil 19-21-may kunlari O‘zsanoatqurilishbank hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamkorligida mamlakatimizdagi mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar doirasida bank va YeTTB vakillari Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati, investision salohiyati va moliyaviy ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, eksportga yo‘naltirilgan, innovasion g‘oyalarga asoslangan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Shu orqali tadbirkorlarning ehtiyojlariga muvofiq moliyaviy yordam va maslahat xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama etildi. 

Seminar va amaliy uchrashuvlar – bilim va tajriba almashinuvi

Buxoro shahrida tashkil etilgan yirik seminarda mashhur biznes-trener Ulug‘bek Xojiahmedov ishtirok etib, biznesni strategik boshqarish va muvaffaqiyatli rivojlantirish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, YeTTB va bank mutaxassislari tomonidan grant dasturlari, maslahat xizmatlari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Samarqand shahridagi amaliy formatdagi uchrashuv esa, bankning amaldagi mijozlari va kredit dasturlariga qiziqish bildirgan tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazildi. Ular YeTTB va bank hamkorligida taqdim etilayotgan moliyaviy imkoniyatlardan qanday foydalangani, bu orqali faoliyatlarida qanday natijalarga erishgani haqida fikr bildirdi. 

Iqtisodiy o‘sish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish yo‘lida

Barcha tadbirlardan ko‘rinadiki, O‘zsanoatqurilishbank va YeTTB tomonidan amalga oshirilayotgan hamkorlik dasturlari tadbirkorlar uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tashabbuslar orqali biznes subyektlari uchun moliyaviy resurslar va konsalting xizmatlariga keng yo‘l ochilib, ularning barqaror o‘sishi va hududlar iqtisodiyoti rivojiga turtki bermoqda.

Bank kelgusida ham YeTTB kabi xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tadbirkorlik muhitini yana-da takomillashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy biznesni global bozorlarga olib chiqishni maqsad qilgan.

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

07/18/2025 06:53:23 pm
Muloqot, yechim, qo‘llab-quvvatlash: Sariosiyoda amaliy uchrashuv

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati ...

07/18/2025 03:37:41 pm
Juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda milliy ruh, milliy uslub va asrlardan meros bo‘lgan an’analarga bo‘lgan chuqur ehtirom har bir j ...

07/18/2025 02:21:34 pm
“Euromoney” tomonidan SQB O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

Londondagi “Euromoney Awards for Excellence 2025” taqdirlash marosimida xalqaro ekspertlar Bankning keng ko’lamli transf ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.06.2025 15:05  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo