Obod mahalla – farovon hayot poydevori: SQB “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarini boshladi


22.07.2026 12:39

Obod mahalla – farovon hayot poydevori: SQB “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarini boshladi

Mahallalarda obodlik, ozodalik va yashash madaniyatini yuksaltirish bugungi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “mahalla yettiligi” faoliyatini yangi tizim asosida tashkil etish hamda eng og‘ir mahallalarda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

image2.jpeg

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Surxondaryo viloyatidagi o‘ziga biriktirilgan mahallalarda tadbirlarni boshladi. Xususan, Sariosiyo tumanining “Sharafobod” va “Yoqutli bog‘”, Denov tumanining “Yangi Hazorbog‘” mahallalarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, hududlarni tartibga keltirish hamda aholi yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

image3 (1).jpeg

Tadbirlarda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, “mahalla yettiligi” vakillari hamda keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda. Ko‘chalar va jamoat joylari obodonlashtirilmoqda, yo‘l yoqalari hamda hududlar maishiy va qurilish chiqindilaridan tozalanmoqda, daraxtlar parvarish qilinmoqda, yangi ko‘chatlar ekilmoqda, devorlar oqlanmoqda.

image1 (2).jpeg

Shuningdek, bank tomonidan aholining daromadini oshirishga xizmat qilayotgan namunali loyihalarni boshqa xonadonlarda ham joriy etish ishlari tashkil etilmoqda.

image0 (1).jpeg

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari obodonlashtirish bilan bir qatorda fuqarolarning daxldorlik hissini mustahkamlash, hamjihatlikni kuchaytirish va yashash madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.





Boshqa yangiliklar

08/14/2026 09:43:50 am
Milliy libos – qadriyatlarimiz ifodasi

Har juma O‘zsanoatqurilishbankda “Milliy liboslar kuni” sifatida o‘tkaziladi. Milliy liboslarimizda ...

08/12/2026 04:08:23 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBga murojaat yuborish tartibi

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! O‘zsanoatqurilishbankka ariza, taklif va shikoyatlaringizni og‘zaki, yo ...

08/11/2026 12:31:51 pm
MAHALLA BANKIRI: RAQAMLAR ORTIDAGI INSONLAR TAQDIRI

So‘nggi yillarda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mahalla bankirlari faoliyati kengaytiril ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.07.2026 15:23  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит