"O'zsanoatqurilishbank"da korrupsiyaga qarshi kurashga bag'ishlangan o'quv-treninglar o'tkazildi


27.06.2025 14:45

"O'zsanoatqurilishbank"da xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda korrupsiyaga qarshi ongli yondashuvni shakllantirish hamda manfaatlar to'qnashuvining oldini olish maqsadida o'quv-trening mashg'ulotlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Mamlakatimizda Prezidentimizning 2020-yil 29-iyundagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni ijrosi doirasida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida shaffoflikni ta'minlash, korrupsiya omillarini aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bank tizimida ham ushbu yo‘nalishda amaliy ishlar izchil olib borilmoqda. Xususan, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini qaror toptirish, manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik, xodimlarning mas'uliyati va huquqiy madaniyatini yuksaltirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Joriy yilning may-iyun oylari davomida ichki audit, ma'muriy xo'jalik, buxgalteriya, tranzaksion banking, kreditlash, mikro va kichik biznes yo‘nalishlari hamda Andijon, Xonobod, Bunyodkor, Namangan, Farg‘ona, Kirguli, Qo'qon va Uchtepa bank tarmog'i bo'linmalari xodimlari uchun maxsus o‘quv-treninglar tashkil etildi.

Mashg'ulotlar davomida ishtirokchilar "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati: ustuvor yo'nalishlar va xorijiy tajriba" mavzusida bilimlarga ega bo'ldi.

Shuningdek, bank doirasida qabul qilingan ichki normativ hujjatlar — "Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati", "Odob-axloq kodeksi", "Manfaatlar to'qnashuvini oldini olish siyosati", "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish to'g'risida"gi nizomlar mazmun-mohiyati keng tahlil qilindi.

Erkin muloqot ruhida o'tgan o'quv mashg'ulotlarida ishtirokchilar amaliyotda uchrashi mumkin bo'lgan vaziyatlar yuzasidan o'z savollariga javob olishdi.

Mashg'ulotlar yakunida esa bilim va ko'nikmalarni baholash maqsadida test sinovlari ham tashkil etildi.

 

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

05/21/2026 12:17:50 pm
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Sayyora Sanjarbek qizi tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Xonobod xizmatlar ma ...

05/21/2026 11:13:40 am
SQBda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkaziladi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi tashabbusi bilan joriy yilning 22-may kuni Namanga ...

05/20/2026 04:54:56 pm
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 01.07.2025 10:10  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит