
Joriy yilning 13 sentabr kuni “Hyatt Regency” mehmonxonasida Yevropa investitsiya banki (EIB)ning “Oʻzbekistonda energiya tejovchi texnologiyalarni moliyalashtirish boʻyicha texnik koʻmak” dasturi doirasida seminar oʻtkazildi. Unda mamlakatimizdagi yirik tijorat banklari qatori Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari ham ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda YEIB kredit liniyalarini oʻzlashtirish va ushbu mablagʻlar hisobidan mijozlar loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi. YEIB vakillari ushbu kredit liniyasi boʻyicha biznes jarayonlarda kuzatilishi mumkin boʻlgan holatlarda maslahat va texnik koʻmakka tayyor ekanligini bildirdi.
Seminar dasturiga koʻra, har bir hamkor bank uchun individual davra suhbatlari ham tashkil etildi. Unda istiqbolli loyihalar tahlil qilinib, YEIB kredit liniyasini rivojlantirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Bank Axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Sayyora Sanjarbek qizi tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Xonobod xizmatlar ma ...
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi tashabbusi bilan joriy yilning 22-may kuni Namanga ...
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

