
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan “O‘zbekko‘mir” AJ, “Angren Energo” QK MChJ, “Yangi Angren IES” AJ, shuningdek Jizzax viloyatidagi Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat yuritayotgan “Global Optical”, “Euroasia Gilamlari” hamda “Xuahin Sement” korxonalari rahbarlari va ishchi-xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida korxonalar jamoalariga bank tomonidan taklif etilayotgan zamonaviy chakana mahsulot va xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi:
– yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan maxsus bank takliflari;
– xodimlar uchun imtiyozli shartlardagi kredit mahsulotlari;
– oylik ish haqi loyihalari doirasidagi qo‘shimcha qulayliklar;
– jozibador omonat mahsulotlari;
– “SQB Mobile” mobil ilovasi orqali bank xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatlari.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga bank mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi. Shuningdek, bank mahsulotlari va xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar hamda amaliy maslahatlar taqdim etildi.
Mazkur uchrashuvlar yirik sanoat korxonalari xodimlari uchun bank xizmatlari imkoniyatlarini kengaytirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda bank va mijozlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash va zamonaviy mutaxassislar tayyorla ...
Bugungi kunda sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari nafaqat texnologik trend, balki iqtis ...
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallardan birida "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB faoliyati va bank rahbariyati tomonidan qab ...

