ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) bo‘lishi; doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi.
Biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki ularni oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlar; Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar/elektron ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin);“O‘zini o‘zi band qilgan shaxs” ma’lumotnomasi (zarur hollarda) Ijtimoiy soliq toʻlayotganligini tasdiqlovchi hujjat (yoki ma’lumotnoma); 5.Dastlabki uy-joy oldi-sotdi shartnomasi;Uy-joy kadastri va egalik huquqini tasdiqlovchi hujatlar (kadastr hujjati rasmiylashtirilgan uy-joylar uchun) Uy-joy qurilishi bo’yicha tegishli ruxsatnoma, tasdiqlangan loyiha smeta hujjati, ekspertiza xulosasi (foydalanishga topshirilmagan va kadastr hujjati rasmiylashtirilmagan uy-joylar uchun) Auksion savdolarida yutganligini tasdiqlovchi hujjat. Ipoteka ob’ekti bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti (zarur hollarda). Shuningdek, mijozni o‘rganish davomida qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Uy-joy oldi-sotdisi boʻyicha notarius xizmati xarajatlari;
Mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda kadastr xarajatlari;