SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazining Axborot xavfsizligi hodisalarini boshqarish guruhi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


03.08.2026 14:44

Biz axborot xavfsizligi sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Axborotlarni himoya qilish vositalari yordamida hodisalarni 24/7 rejimida monitoring qilish.
• Hodisalarni dastlabki tahlil qilish, SIEM, EDR/XDR va boshqa monitoring vositalari bilan ishlash.
• Foydalanuvchilar, qurilmalar va xizmatlardagi shubhali faollikni tekshirish hamda hodisalarga birlamchi javob berish.
• Anomaliyalarni tahlil qilish, axborotni himoya qilish vositalarining murakkab ishlash holatlarini tekshirish va axborot xavfsizligi hodisalarini tergov qilish.
• Detektorlash qoidalarini ishlab chiqish, hodisalarni Itech/Jira tizimida ro‘yxatga olish va hujjatlashtirish.
• Zaifliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish, ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash.

 Talablar: • Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot.
• TCP/IP, DNS, HTTP, VPN tarmoqlari ishlash tamoyillarini bilish.
• Windows va Linux operatsion tizimlari bo‘yicha bazaviy bilimlar.
• Axborot xavfsizligi asoslari va zamonaviy kibertahdidlarni tushunish.
• SIEM yechimlari, EDR/XDR va MITRE ATT&CK bo‘yicha bilimlar afzallik hisoblanadi.
• PowerShell, Bash yoki Python bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalar ustunlik beradi.
• Jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalari, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.
• O‘zbek tilini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 5.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

09/18/2026 03:00:49 pm
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisining yuridik mijozlar kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Yangi yuridik mijozlar va YTTlarni jalb qilish, mijozlar bazasini kengaytirish. • Sovuq ...

09/18/2026 02:59:59 pm
SQB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Universal kassir lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish va bankning kassa intizo ...

09/18/2026 02:56:53 pm
SQB Toshkent shahar BXOga kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.08.2026 14:45  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит