SQB Bank Moliyaviy menejment markazi Moliyaviy jarayonlarni robotlashtirish va Sun’iy intellekt (AI)ni rivojlantirish xizmati Yetakchi menejer - Machine Learning Engineer (AI mutaxassisi) lavozimiga nomzodlarni tashqi tanlov asosida ishga taklif etadi.
09.07.2026 17:07
Biz Sun’iy intellekt, Machine Learning va Data Science yo‘nalishida tajribaga ega, biznes jarayonlarini ma’lumotlar asosida takomillashtirish hamda zamonaviy AI yechimlarini ishlab chiqishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
** SIZNING VAZIFALARINGIZ:**
Ma’lumotlarni tadqiqiy tahlil qilish (EDA) orqali yashirin qonuniyatlarni aniqlash va Machine Learning yechimlari uchun gipotezalarni ishlab chiqish;
ML modellarini yaratish, o‘qitish, fine-tuning qilish, validatsiyadan o‘tkazish va sifat ko‘rsatkichlarini baholash;
Ma’lumotlarni tozalash (Data Preprocessing), anomal qiymatlarni aniqlash va modellashtirish uchun tayyorlash;
Feature Engineering orqali model aniqligini oshiruvchi yangi belgilarni yaratish;
Prognozlash, klassifikatsiya, klasterizatsiya va boshqa analitik modellarni ishlab chiqish hamda optimallashtirish;
Ishlab chiqilgan algoritmlar va modellarni tarixiy ma’lumotlarda (Backtesting) sinovdan o‘tkazish;
Mahsulotlar, biznes jarayonlari va mijozlar xatti-harakatlarini tahlil qilish hamda biznes uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
Machine Learning va AI sohasidagi yangi texnologiyalar, kutubxonalar va ilmiy yondashuvlarni o‘rganish hamda amaliyotga joriy etish;
Bankning ichki me’yoriy hujjatlari va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritish.
** NOMZODDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI:**
Oliy ma’lumot: Data Science, Computer Science, amaliy matematika, Sun’iy intellekt yoki turdosh yo‘nalishlarda;
Machine Learning, Data Science yoki AI yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi;
Python dasturlash tilini va ML kutubxonalarini amaliy darajada bilish;
ML modellarini yaratish, optimallashtirish va baholash bo‘yicha tajriba;
O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
** KASBIY KO‘NIKMALAR:**
Exploratory Data Analysis (EDA) va statistik tahlil;
Data Preprocessing va Data Cleaning;
Feature Engineering;
Machine Learning modellarini yaratish va optimallashtirish;
Fine-tuning, Cross Validation va Model Evaluation;
Regression, Classification, Clustering va Forecasting modellarini qurish;
Backtesting va model monitoringi;
Python, Pandas, NumPy, Scikit-learn va boshqa ML kutubxonalari bilan ishlash;
Analitik fikrlash va biznes muammolarini ma’lumotlar asosida hal qilish;
Excel, Power BI va vizualizatsiya vositalari bilan ishlash.
** QO‘SHIMCHA USTUNLIKLAR:**
GitHub yoki Kaggle platformalarida amaliy portfolio mavjudligi;
Bank, FinTech, Retail yoki moliya sohasida AI/Data Science loyihalarida ishtirok etganlik;
Spark, Hadoop yoki PySpark bilan ishlash tajribasi;
AI/ML bo‘yicha ilmiy maqolalar bilan ishlash tajribasi;
Data Science, Computer Science yoki amaliy matematika yo‘nalishida magistr yoki PhD darajasi.
** Rezyumelarni
hr@sqb.uz manziliga 9.07.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.**

40
Boshqa yangiliklar