SQB Bo'ka BXM Markaz rahbari (biznes menejer) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
24.09.2026 12:51
Agar siz strategik boshqaruv, davlat dasturlari ijrosi va jamoani samarali boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Markazda mijozlariga xizmat ko'rsatish standartlari, Bank xizmatlari parametrlari va biznes jarayonlari, normativ-huquqiy, Bankning ichki qoidalariga hamda uslubiy hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, nazorat qilish va muvofiqlashtirish
• Mikroloyihalar rejasining bajarilishini ta’minlash.
• Jismoniy va yuridik shaxslarning kredit qarzdorligini undirish jarayonlarini tahlil qilish.
• Hisobotlarni tayyorlash hamda ichki mehnat tartibi va Odob-axloq kodeksi talablariga rioya qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Bank tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi.
• Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, hisobot tayyorlash va monitoring olib borish ko‘nikmalari.
• Analitik fikrlash, mas’uliyat, natijaga yo‘naltirilganlik.
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

54
Boshqa yangiliklar