Mijozlar bilan ishlash, savdo va bank xizmatlarini rivojlantirishga qiziqadigan faol mutaxassislarni jamoaga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish.
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish.
• Mavjud mijozlar bazasini rivojlantirish va qayta faollashtirish.
• Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va mos bank mahsulotlarini taklif qilish.
• Muzokaralar olib borish va belgilangan reja hamda KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Jismoniy shaxslarga bank kartalarini sotish va Bank mobil ilovasiga ulash.
• Aholining bo‘sh mablag‘larini omonatlarga jalb qilish.
• Jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonida ishtirok etish, hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish.
• Mijozlar murojaatlari va e’tirozlari bilan ishlash hamda xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot, iqtisodiy yoki moliyaviy ma’lumotga ustunlik beriladi.
• Bank sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Rivojlangan kommunikativ va muzokara olib borish ko‘nikmalari.
• Sotuv va mijozlarni jalb qilish ko‘nikmalari.
• Mijozlarga yo‘naltirilganlik va uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘ya olish.
• Mas’uliyatlilik, intizomlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
• Belgilangan KPI ko‘rsatkichlari bilan ishlashga tayyorlik.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 27.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.
Bankning axborot tizimlarini qo‘llab-quvvatlash, korporativ platformalar bilan ishlash va ularning barqaror faoliyatini ...
Dasturlash, ma’lumotlar bilan ishlash, mikroservis arxitekturasi va zamonaviy bank axborot tizimlarini rivojlantirishga ...
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) o‘z jamoasiga Qarzdorlikni undirish bo‘yicha menejer lavozimiga xodimn ...

