SQB Olmazor bank xizmatlari markaziga kichik biznes menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


25.08.2026 17:09

Kichik va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash, bank mahsulotlarini ilgari surish hamda kreditlash jarayonlarida ishtirok etishga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlarni faollashtirish va ularning ehtiyojlarini aniqlash.
• Hisob-raqamlar, kreditlar, depozitlar, masofaviy bank xizmatlari va korporativ kartalarni taklif qilish hamda sotish.
• Kichik va o‘rta biznes loyihalarini tahlil qilish va mijozlarning kredit layoqatini baholash.
• Kredit hujjatlari yig‘ma jildini shakllantirish hamda kredit ajratish jarayonini muvofiqlashtirish.
• Mijoz hujjatlarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish.
• Mijozlar ma’lumotlarini bank axborot tizimlariga kiritish va yangilab borish.
• Yuqori darajadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini ta’minlash hamda xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Markaziy bank talablari va AML/CFT qoidalariga muvofiq mijozlarni identifikatsiyalash hamda ichki me’yoriy hujjatlarga rioya qilish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
• Kreditlash jarayonlari va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 28.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

08/25/2026 04:44:26 pm
Korporativ biznes subyektlari loyihalarini tahlil qilish xizmati yetakchi menejeri

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Investitsion loyihalarni moliyalashtirish departamenti Korporativ biznes subyektlar ...

08/25/2026 03:32:47 pm
SQB Denov bank xizmatlari markazining mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Mijozlar bilan ishlash, savdo va bank xizmatlarini rivojlantirishga qiziqadigan faol muta ...

08/25/2026 03:32:16 pm
SQB Loyiha boshqaruvi departamentining Loyiha menejerlari guruhi kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Loyihalarni boshqarish, tahliliy ishlar va turli tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qil ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 25.08.2026 17:10  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит