SQB Sergeli bank xizmatlari markaziga kichik biznes menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


27.08.2026 12:36

Kichik va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash, bank mahsulotlarini ilgari surish hamda kreditlash jarayonlarida ishtirok etishga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlarni faollashtirish va ularning ehtiyojlarini aniqlash.
• Hisob-raqamlar, kreditlar, depozitlar, masofaviy bank xizmatlari va korporativ kartalarni taklif qilish hamda sotish.
• Kichik va o‘rta biznes loyihalarini tahlil qilish va mijozlarning kredit layoqatini baholash.
• Kredit hujjatlari yig‘ma jildini shakllantirish hamda kredit ajratish jarayonini muvofiqlashtirish.
• Mijoz hujjatlarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish.
• Mijozlar ma’lumotlarini bank axborot tizimlariga kiritish va yangilab borish.
• Yuqori darajadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini ta’minlash hamda xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Markaziy bank talablari va AML/CFT qoidalariga muvofiq mijozlarni identifikatsiyalash hamda ichki me’yoriy hujjatlarga rioya qilish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
• Kreditlash jarayonlari va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 29.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

08/27/2026 02:35:42 pm
Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamenti “Tarmoqlarda ijro nazoratini muvofiqlashtirish guruhi”

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamentining “Tarmoqlarda ijr ...

08/27/2026 12:36:34 pm
SQB Samarqand bank xizmatlari ofisining kichik sotuv menejeri lavozimiga nomzodlarni tashqi tanlov asosida taklif qiladi.

Korporativ mijozlar bilan ishlash, faol sotuvlar va bank mahsulotlarini ilgari surishga qi ...

08/26/2026 05:23:21 pm
SQB Axborot texnologiyalari departamentining Tizimli tahlil guruhi menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Ma’lumotlarni boshqarish, tizimli tahlil va IT loyihalarini ishlab chiqish yo‘nalishida ta ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.08.2026 12:37  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит