
SQB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruhning “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlari davom etmoqda.

Bu galgi manzil Buxoro viloyatining G‘ijduvon va Shofirkon tumanlari bo‘ldi.

Ishchi guruh mahallalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, nonvoychilik, parrandachilik, ishlab chiqarish va issiqxona xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvlar chog‘ida mavjud loyihalarni kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mas’ullar bilan bankning moliyaviy ko‘magida istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish yuzasidan keyingi vazifalar belgilab olindi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Sirdaryo BXO rahbariyati tashabbusi bilan Guliston shahrida faol va tashabbuskor ...
SQB Bank foydalanayotgan elektr energiyasining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinganini tasdiqlovchi xalqaro I ...

