“Moody’s” xalqaro reyting agentligi O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingini oshirdi


01.07.2026 19:01

Joriy yilning iyun oyida “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi oshirilishi ortidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning uzoq muddatli kredit reytingi Ba2 darajasiga ko‘tarilib, istiqboli “barqaror” deb baholandi.

Mazkur reyting mamlakatimizda bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, sohaga davlat tomonidan qaratilayotgan e’tibor, bankda olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari, strategik loyihalarni moliyalashtirishdagi faol ishtiroki hamda xalqaro kapital bozorlaridagi muvaffaqiyatli operatsiyalari yuksak baholanayotganining yana bir amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

Shuningdek, agentlik tahlilchilari bankning mamlakat bank tizimidagi barqaror o‘rni, qarz qimmatli qog‘ozlari bozoridagi faoliyati hamda ESG yo‘nalishida amalga oshirayotgan tashabbuslarini alohida e’tirof etdi.

2025-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ko‘ra, bank quyidagi natijalarga erishdi:
• sof foyda 128,4 mln AQSh dollarini tashkil etib, 38 foizga o‘sdi;
• jami aktivlar 8,1 mlrd AQSh dollariga yetib, 15 foizga ko‘paydi;
• kapital rentabelligi (ROE) 15,7 foizni tashkil etib, 3,2 foiz bandiga oshdi;
• yashil kredit portfeli 654,3 mln AQSh dollariga yetib, 17 foizga o‘sdi.

Bundan tashqari, bank aksiyalarining 40 foizi “Franklin Templeton” xalqaro investitsiya kompaniyasining ishonchli boshqaruvidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasiga o‘tkazilgani hamda joriy yil may oyida Jamg‘arma aksiyalarining London fond birjasidagi birlamchi ommaviy joylashtirilishi (IPO) muvaffaqiyatli amalga oshirilgani “Moody’s” ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi.

Bank reytingining oshirilishi xalqaro investorlar ishonchi yana-da mustahkamlanganidan dalolat beradi. Bu esa xalqaro kapital bozorlarida bank mavqeini kuchaytirish, tashqi moliyaviy resurslarni yana-da qulay shartlarda jalb etish hamda mahalliy tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.




Boshqa yangiliklar

07/24/2026 12:41:37 pm
Obod mahalla – farovon hayot poydevori: SQB “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarini boshladi

Mahallalarda obodlik, ozodalik va yashash madaniyatini yuksaltirish bugungi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalish ...

07/22/2026 02:22:52 pm
O‘zsanoatqurilishbank: raqamli innovatsiyalar aholi uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirmoqda

Joriy yilning 22-iyul kuni “O‘zbekiston24” telekanalida “ ...

07/21/2026 10:05:24 am
Yoshlar va ijod – Zominda birlashgan qadriyat

Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 01.07.2026 19:25  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит