Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahridagi Kombinat bozori hududida o‘rnatilgan O‘zsanoatqurilishbankning 24/7 xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ichida stol va stullar saqlanayotgani yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur 24/7 shoxobcha aholi uchun bank xizmatlari va bankomatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yaqinda o‘rnatilgan. Shoxobchani foydalanishga tayyorlash jarayonida olib borilgan montaj, sozlash va texnik ishlar vaqtida foydalanilgan stol va stullar vaqtincha joylashtirilgan bo‘lib, ishlar yakunlangach olib chiqib ketilgan.
Qayd etish joizki, ayni paytda Kombinat bozori hududidagi SQBning 24/7 shoxobchasida 3 ta bankomat faoliyat yuritmoqda. Aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ushbu hududda yana bir 24/7 shoxobcha tashkil etilib, unga qo‘shimcha 3 ta bankomat o‘rnatilmoqda. Mazkur yangi 24/7 shoxobchasini joriy yil 18-iyun kuni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Bank tomonidan mijozlarga qulay va zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etish hamda bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Joriy yilning iyun oyida “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining suveren kred ...
Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini ommalash ...
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, aholi va tadbirkorlar uchun moliy ...

