
Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish “O‘zsanoatqurilishbank” faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bank tomonidan tashkil etilgan futzal klubi qisqa muddatda erishgan yutuqlari bilan bu boradagi tizimli ishlarning yaqqol natijasiga aylandi.
Prezidentimizning 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bankning bu borada olib borayotgan ishlarini yangi bosqichga ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. 2021-yilda tashkil etilgan (SQB) “SQB futzal klubi” faoliyati fikrimizning tasdig‘idir.

O‘tgan yilda bu jamoa mamlakatimiz futzalida o‘zining munosib o‘rnini mustahkamladi. 2025-yildan boshlab O‘zbekiston futzal federatsiyasi (O‘FF) shafe’ligidagi rasmiy turnirlarda qatnasha boshlagan SQB jamoasi debyut mavsumlaridanoq o‘z salohiyatini namoyon etdi.
Kuchlilar bilan bir safda
Mamlakatning eng kuchli 11 ta jamoasi — “BMB PFC”, “Oil Star”, OKMK, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Bunyodkor”, “Maksam-Chirchiq”, “Neftchi”, “Qizilqum” va SQB ishtirok etgan shiddatli chempionatda bank jamoasi yuksak mahorat ko‘rsatdi. Yakunda 2025–2026-yilgi mavsum jadvalida 2-o‘rinni egallab, vitse-chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Oliy va Birinchi liga (jumladan, “Guliston”, “Xorazm”, “Aral”, “Politexnik”, Yoshlar terma jamoasi va b.) vakillaridan iborat jami 19 ta jamoa guruh bosqichidan boshlab bosh sovrin uchun kurash olib bordi. SQB jamoasi barcha raqiblarini birma-bir mag‘lub etib, joriy yilning iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi final uchrashuviga yo‘l oldi. “BMB PFC”ga qarshi kechgan murosasiz bahsda jamoa O‘zbekiston Kubogining kumush medallarini qo‘lga kiritdi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, SQB a’zosi O‘FF tomonidan “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasiga loyiq ko‘rilganini alohida qayd etish lozim.
Bugungi kunda klub tarkibida 16 nafar mahoratli futzalchi to‘p surmoqda. Jamoada sog‘lom raqobat va xalqaro tajriba uyg‘unligini ta’minlash maqsadida 6 nafar legioner (Braziliya, Kolumbiya va Venesuela fuqarolari) jalb etilgan.
Ular orasida himoyachi ampulasidagi 24 yoshli Francisco Dos Santos Matheus alohida ajralib turadi. Braziliyalik himoyachi Mateus jismoniy tayyorgarligi, taktik savodxonligi va maydonni tezkor o‘qiy olish qobiliyati bilan jamoa himoyasini sezilarli darajada mustahkamlamoqda. Shu bilan birga, u o‘zining yuqori intizomi va boy xalqaro tajribasini mahalliy yosh futzalchilarga o‘rgatib, jamoadoshlariga ham namuna bo‘lmoqda.
Mavsum davomidagi yorqin o‘yinlar ortda qoldi, biroq SQB futzal klubini oldinda yana bir jiddiy sinov va revansh imkoniyati kutmoqda. Shu yilning avgust oyida O‘zbekiston futzal federatsiyasi tomonidan Superkubok uchrashuvi tashkil etiladi. Unda jamoa doimiy raqib – “BMB PFC” klubiga qarshi maydonga tushadi.
SQB futzal klubi ushbu bahsda bor kuchini ishga solib, Superkubok egasi bo‘lishni maqsad qilgan. Shu bois tayyorgarlik jarayoniga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning iyun oyida “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining suveren kred ...
Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahridagi Kombinat bozori hududida o‘rnatilgan O‘zsanoatqurilishbankning 24/7 xiz ...
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, aholi va tadbirkorlar uchun moliy ...

