SQB’da timbilding: Mahalla bankirlari bir maqsad yo‘lida
05.07.2025 16:54
Joriy yilning 4-iyul kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Surxondaryo viloyatida mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar ishtirokida timbilding tashkil etdi. Bunda jamoani bir maqsad yo‘lida birlashtirish, mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadi ilgari surildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar hamda bu borada bank tomonidan belgilangan vazifa va rejalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga bank tizimida joriy qilingan yangi moliyaviy mahsulotlar, ularning aholi bilan ishlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir interaktiv va do‘stona muhitda o‘tdi. Jamoaviy o‘yinlar, fikr almashinuvlari va tajriba ulashish jarayonlari orqali ishtirokchilar o‘zaro yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida faol va namunaviy ish olib borgan mahalla bankirlari taqdirlandi.
Sarosiyodagi “Sangardak” dam olish maskaniga uyushtirilgan sayohat esa ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Bank axborot xizmati

.jpg)

204
Boshqa yangiliklar
07/18/2025 03:37:41 pm
Juma – milliy liboslar kuni!
O‘zsanoatqurilishbankda milliy ruh, milliy uslub va asrlardan meros bo‘lgan an’analarga bo‘lgan chuqur ehtirom har bir j ...